empty
 
 
uz
Qo'llab-quvvatlash
Hisob-varag'ini tez ochish
Savdo platformasi
To'ldirish / Yechish

"Opsion million uchun" tanlovining qoidalari

I. Umumiy qoidalar

  • 1. Tanlov nomi – "Opsion million uchun" (bundan buyon – Tanlov).

    2. Tanlov InstaFintech kompaniyalar guruhi (bundan buyon - Tashkilotchi) tomonidan tashkil etilgan.

    3. Tanlov haftalik hisoblanadi va dushanba kuni soat 00:10 dan juma kuni soat 23:50 gacha o'tkaziladi.

    4. Har bir haftalik tanlovning sovrin jamg'armasi 1500 USDni tashkil etadi, bu mablag' g'oliblar o'rtasida quyidagicha taqsimlanadi:

    • - 1-sovrin – 500 USD;
      - 2-sovrin – 400 USD;
      - 3-sovrin – 300 USD;
      - 4-sovrin – 200 USD;
      - 5-sovrin – 100 USD.

    Barcha mablag'lar yechib olinmaydigan hisoblanadi, biroq ulardan foyda hech qanday cheklashlarsiz yechilishi mumkin.

    5. Navbatdagi haftalik tanlovda ro'yxatga olish butun avvalgi hafta mobaynida o'tadi va tanlov boshlanishidan 1 (bir) soat ilgari tugaydi.

    6. Tanlov natijalari soat 12:00 shanba kuni qayd etiladi.

II. Ishtirokchilar

  • 1. InstaForeks kompaniyasidagi hisob-varag'i egasi har haftada Tanlovda ishtirok etishi mumkin (bundan buyon - Ishtirokchi).

    2. Tanovda ishtirok etishga 18 yoshga to'lgan kishilar rusxat etiladi.

    3. Tanlovning har bir ishtirokchisi InstaForeks kompaniyasining saytida ro'yxatdan o'tishi kerak.

    4. Har bir haftalik tanlovda ishtirok etish uchun Ishtirokchi alohida ro'yxatdan o'tish yo'li bilan DEMO-hisob-varag'i ochadi.

    5. Ishtirokchi ro'yxatdan o'tishda haqiqiy ma'lumotlarni, shaxsni tasdiqlovchi hujjatga mos to'liq ismni, amaldagi elektron aloqa manzilni taqdim etishi zarurligiga rozi bo'ladi.

    6. Savdo bitta IPdan ikkita va/yoki undan ortiq hisob-varaqlarida savdo olib borilayotgani aniqlangan holda ma'muriyat bu hisob-varaqlari egasi (egalari)ni tanlovdan chiqarib tashlash huquqiga ega, shu munosabat bilan biz GPRS- va 3G-modemlaridan foydalanishni qat'iy tavsiya etmaymiz.

    7. Tashkilotchi sababini izohlamasdan Ishtirokchini ro'yxatga olishni rad etishi va tanlov jarayonida Ishtirokchini tanlovdan chiqarib yuborish, yoki Tanlov o'tkazilishi tugaganda chiqarib yuborish sababini izohlash huquqini saqlab qoladi. Tanlovdan chiqarib yuborish uchun sabab aynan bir xil juftliklar bo'yicha taxminan o'xshash vaqtlarda yirik hajmdagi qarama-qarshi bitimlarni turli hisob-varaqlarida ochish, shuningdek kafolatli foyda olish uchun kotirovkalar oqimida to'xtalib qolishlardan foydalanish bo'lishi mumkin.

    8. Ishtirokchi Tanlovda ro'yxatdan o'tishda Tanlovga tegishli barcha cheklashlar va qoidalarni tan oladi.

    9. Tanlovda yaqin qarindoshlarning hisob-varaqlarining ishtirok etishi taqiqlangan. Agar Ishtirok etuvchining hisob-varag'ining ro'yxatdan o'tish ma'lumotlaridan birortasi boshqa Ishtirokchining ro'yxatdan o'tish ma'lumotlari bilan bir xil bo'lib qolgan hollarda Kompaniya bunday mos kelishni ishtirokchilarni o'yindan chiqarish uchun asos deb hisoblashga haqli.

III. Savdo shartlari

  • 1. Tanlovda ro'yxatdan o'tkazilgandan so'ng Ishtirokchi DEMO-hisob-varag'ini oladi.

    2. Boshlang'ich depozit barcha Ishtirokchilar uchun 1000 balni tashkil etadi va o'zgartirilishi mumkin emas.

    3. Ishtirokchi unga taklif etilgan vositalardan istaganida opsionni ochilish vaqti va yopilish vaqtini tanlagan holda o'sishga yoki pasayishga opsion tuzadi. Savdo MetaTrader orqali olib borilmaydi, barcha opsionlar tanlov kabineti ichida tuziladi.

    4. Opsionlarni ochish uchun mumkin vositalar ro'yxati:

    • - EUR/USD
      - GBP/USD
      - USD/JPY
      - USD/CHF
      - USD/CAD
      - GBP/JPY
      - EUR/JPY
      - GBP/CHF
      - EUR/GBP
      - GOLD
      - SILVER

    5. Opsion mazkur opsionni ochilish vaqtidan bir daqiqagacha kechiktirmay ochilishi mumkin.

    6. Opsionni ochilish/yopilish vaqti 10 daqiqaga teng oraliqlarda o'rnatiladi.

    7. Sutkasiga har bir savdo vositasi bo'yicha bitta opsiondan ko'p ochilishi mumkin emas.

    8. Har bir yutuqli opsion uchun Ishtirokchi reyingiga 10 bal oladi, har bir yutqizish uchun reytingdan 10 bal ayriladi.

    9. Агар Ishtirokchi tomonidan opsionni tuzish vaqtida narxni ochilish va yopilishi bir biriga mos tushsa, u holda Ishtirokchi reytingidan 10 bal olinadi va opsion yutqizishli hisoblanadi.

IV. Natijalarni e'lon qilish

  • 1. Ishtirokchilarning hisob-varaqlaridagi mablag'lar darajasidan tanlov borishining butun davomida Tashkilotchining saytida erkin foydalanish mumkin.

    2. Ishtirokchilarning tanlovdagi hisob-varaqlarini ro'yxatga olish amalga oshiriladigan mamlakatlar va hududlar statistikasi e'lon qilishini mumkin.

    3. Tanlov natijalari u tugagandan so'ng va barcha zurur tekshirishlar o'tkazilgandan so'ng 14 kun mobaynida e'lon qilinadi.

V. G'oliblarni aniqlash

  • 1. Tanlov tugagandan so'ng eng katta reytingli Ishtirokchilar g'oliblar deb e'lon qilinadilar.

    2. Agar tanlov yakuniga ko'ra ikki Ishtirokchining reytingi bir hil bo'lib qolgan holda bu ikki ishtirokchi o'rtasida o'rinlarni taqsimlash to'g'risidagi qarorni Tashkilotchi qabul qiladi.

    3. Tanlov g'oliblari ularning F.I.Sh. e'lon qilinishiga rozi bo'lishadi.

    4. Aynan bitta Ishtirokchi bir oy mobaynida sovrinni ikki marta olish huquqiga ega emas. Agar Ishtirokchi bir oy mobaynida bir martadan ko'proq marta sovrinli o'rinni egallasa, ishtirokchi sovrindorlar qatoridan olib tashalanda va sovrinlar chizig'i uning o'rnidan boshlab pastga qarab suriladi.

    5. Tashkilotchi Ishtirokchining sovrin mablag'lari bilan biror hiyla qilishga urinishining to'g'ridan-to'g'ri va bilvosita isboti asosida Tanlov o'tkazilishi yoki tugashi jarayonida Ishtirokchini ro'yxatdan o'tkazishni rad etishi yoki Ishtirokchini o'yindan chiqarib yuborish huquqiga ega.

VI. Sovrinni olish

  • 1. G'oliblar tanlov natijalari e'lon qilingandan so'ng 30 taqvim kuni mobaynida hisob-varaqlarini ochish va verifikatsiya qilishlari kerak.

    2. Sovrin mablag'lari mijoz ochadigan verifikatsiya qilingan haqiqiy savdo hisob-varag'iga o'tkaziladi.

    3. Tanlov ma'muriyati yoki g'olibning o'zi ochadigan haqiqiy hisob-varag'idagi har qanday faoliyat u tomonidan amalga oshiriladi va InstaFintech kompaniyalar guruhining kelishuvlari va qoidalariga muvofiq tartibga solinadi deb tan olinishini g'olib e'tirof etadi.

    4. Barcha sovrinlar yechib olinmaydigan hisoblanadi, biroq ulardan foyda yechilishi mumkin.

    5. Tashkilotchi Ishtirokchi tomonidan tanlovning mablag'larini o'zlashtirishga qaratilgan biror hiyla ishlatishga urinishlarni to'g'ridan-to'g'ri va bilvosita isboti asosida avval berilgan sovrinni haqiqiy emas deb tan olish va bekor qilish huquqini saqlab qoladi.

    6. Hisob-varag'idan mablag'larni olib tashlash mablag'larni chiqarishga buyurtmani rasmiylashtirishda avtomatik amalga oshiriladi. Savdo hisob-varag'i balansini va erkin mablag'larni (free margin) chiqarishga buyurtmaga mos kelishini tekshirish buyurtmaga bilvosita ishlov berishda moliya bo'limi mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi. Agar mos kelmay qolgan holda e'lon qilingan mablag'lar hisob-varag'iga qaytariladi.

    7. Компания оставляет за собой право не начислять приз в том случае, если на одном или нескольких счетах клиента ведется накопление призовых средств.

    8. Победитель соглашается, что при любом снятии средств, выданный приз отменяется в полном объеме.

VII. Tanlov shartlari tili

  • 1. Shartlarning asosiy tili ingliz tili hisoblanadi.

    2. Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida Kompaniya Tanlov shartlarini boshqa tillarga tarjima qilib taqdim etishi mumkin. Mazkur tarjima mutlaqo axborot hususiyatiga ega bo'ladi.

    3. Tanlovning mazkur shartlarining ingliz tilidagi versiyasi va ularning tarjimalari orasida har qanday farq topilgan holda uning ingliz tilidagi versiyasi ustuvor hisoblanadi.

"Opsion million uchun" tanlovi ishtirokchisining kabineti

Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.