empty
 
 
uz
Qo'llab-quvvatlash
Hisob-varag'ini tez ochish
Savdo platformasi
To'ldirish / Yechish
Tez-tez beriladigan savollar

Возникли вопросы?

Мы знаем на них ответы! На этой странице мы постарались ответить на самые распространенные вопросы о партнерской программе, торговых условиях, ПАММ-системе, регистрации, верификации и многом другом.
info icon Moliyaviy savollar

InstaForeksning kurslarni konvertatsiya qilish tizimi mablag' to'ldirishda va yechib olishda boshqa Foreks-brokerlarning takliflaridan nimasi bilan farq qiladi?

Kompaniyada hisob-varag'idagi valyutadan farqli valyuta bilan to'ldirishda joriy bozor kursidan foydalaniladi. To'ldirish kursi bo'yicha axborotdan mijozlar kabinetida ham, kompaniyasning asosiy saytida ham foydalanish mumkin (bunda konvertatsiya BID narxi bo'yicha yuz beradi).
Mablag'ni yechib olishda to'ldirish valyutasi hisob-varag'idagi valyutadan farq qilganda, kompaniya o'rtacha muvozanatli kursdan foydalani, bu kursni aniqlashda to'ldirishlar hajmi va kurslar hisobga olinadi.
InstaForeks kompaniyasida o'rtacha muvozanatli kurs boshqa Foreks-brokerlarning qo'llaniladigan ichki kurslar tizimlariga qaraganda ancha foydali, chunki ichki kurslar ulgan ichki spredlar bilan ifodalanib, ular ishtirokidagi to'ldirish bir kurs bo'yicha, yechib olish esa boshqa kurs bo'yicha amalga oshiriladi. Bunda yechib olish va to'ldirish o'rtasidagi farq 10%gacha etishi mumkin, bu esa hisob-varag'ini 10000 rublga to'ldirishda hatto yechib olish o'sha kuni almaga oshirilayotgan bo'lsa ham, Siz kafolatli tarzda 1000 rubl yo'qotasiz.

Kurslarni aniqlashga o'rtacha vaznli yondashuvda 10000 rublga to'ldirshida Siz o'shancha 10000 rublni olasiz va o'shancha midordagi dollarlarga yana qaytib olasiz.

O'rtacha muvozanatli kursni hisoblashga misol:
Avval mijoz o'z dollarli hisob-varag'ini bir dollar uchun 66,57 rubl kursi bo'yicha 10000 rublga to'ldirdi. Hisob-varag'iga o'tganish paytida mablag' 150,22 dollarni tashkil etdi.
Ma'lum bir vaqtdan keyin mijoz bir dollarga 63,81 rubl kursi bo'yicha 5000 rubl mablag' to'ldirdi. Hisob-varag'iga o'tkazish vaqtida mablag' 78,36 dollarni tashkil etdi.
Ma'lum vaqtdan so'ng mijoz 300 dollar miqdorida ishlab topgan mablag'ini echib olishni xohlab qoldi. O'rtacha muvozanatli kursdan hisoblash o'rtacha arifmetik muvozanatli qiymat formulasi bo'yicha amalga oshiriladi:
10000/15000*66,57+5000/15000*63,81=65,65.
Shunday qilib, chiqarish uchun summa rubllarda 19695 rublni tashkil qiladi.


InstaForeksda hisob-varag'i to'ldirishning va mablag'ni yechib olishning qanday usullari qo'llab-quvvatlanadi?

Siz Qiwi, Skrill, Neteller, Яндекс.Деньги, MasterCard kartalari va bank o'tkazmasi bilan, shuningdek bizning dilerlarimizda o'z savdo hisob-varag'inizni to'ldirishingiz mumkin. Yechish to'ldirish amalga oshirilgan usul bilan bajarilishi mumkin.


To'ldirishda kompaniya tomonidan biror komissiya olinadimi?

To'ldirishda hech qanday komissiya undirilmaydi, biroq shuni hisobga olish zarurki, o'tkama summasidan EPS orqali o'tkazishda to'lov tizimining o'zidan yoki bank valyuta o'tkazmasidan hisobga kiritishda va yechib olishda bank komissiyasi yechib olinadi.


Savdo hisob-varag'ini to'ldirish qancha vaqt oladi?

Neteller orqali to'ldirish bir onda amalga oshiriladi, Qiwi orqali - 15 daqiqa ichida, Yandeks.Dengi orqali – 3 soat ichida, Visa/MasterCard kartalaridan - tanlangan to'lov usuliga bog'liq holda bir onda yoki 24 soatgacha, Skrill orqali - 24 soat ichida. Hisob-varag'ini bizning dilerlar orqali to'ldirish 1-4 soatni oladi. Bank o'tkazmasi orqali to'ldirish 4 kungacha davom etadi.


Savdo hisob-varag'idan mablag'larni yechish qancha vaqt oladi?

QIWI, MoneyBookers/Skrill va boshqa to'lov tizimlari orqali yechish 1 dan 7 soatgacha vaqt oladi. Bank o'tkazmasi orqali mablag'larni yechish 2-4 kun oladi. Visa kartaga yechish jarayoni 1-6 bank ish kuni davom etadi.


Yechib olinadigan eng kam pul qanday?

Yechib olinadigan eng kam mablag' mavjud emas. Siz doimo hisob-varag'i bo'yicha istagan qoldiqni olishingiz mumkin, bundan bank o'tkazmasi mustastno (yechib olishning minimal summasi 300$), elektron to'lov tizimlari va bank hamyonlari uchun - undirib olinadigan komissiyani hisobga olgan holda 1 USD.


Depozitning minimal summasi qanday?

Depozitning minimal summasi 1 AQSh dollarini tashkil etadi.


Depozit qilingan rekvizitlarga mablag'larni yechish imkoniyati bo'lmaganda, masalan rekvizitlarni yo'qotilishida, qanday amallarni bajarish kerak?

Rekvizitlarni bir to'lov tizimi ichida almashtirish uchun F1 shaklni to'ldirish va pasport skanini change_requisites@mail.instaforex.com manziliga yuborish kerak.


Mavzular ro'yxatiga o'tish
info icon InstaForeksning savdo serverlari

InstaForeks kompaniyasi savdo serverlarining IP-adreslari kanday?

InstaForeks kompaniyasi mijozlari ishlash uchun 10 ta savdo serverlaridan istagan tanlash imkoniyatiga egalar.

InstaForeks kompaniyasida haqiqiy savdo hisob-varag'ini ro'yxatdan o'tkazishda Siz hisob-varag'ini ochish uchun serverni tanlash imkoniyatiga ega bo'lasiz. InstaForeks kompaniyasida haqiqiy hisob-varaqlarini ro'yxatdan o'tkazish uchun barcha mumkin bo'lgan serverlar ro'yxati berilgan:

AQShdagi server, InstaSpot-USA.com yoki 176.9.211.83:443 manzilga ega bo'lgan va 10,000 dan boshlab 700,000 gacha va 15,000,000 - 17,999,999 raqamli savdo hisob-varaqlari uchun foydalaniladi;

AQShdagi server, InstaSpot-USA2.com yoki 144.76.100.98:443 manzilga ega bo'lgan va 8,000,000 dan 9,000,000 gacha va 80,000,000 - 82,999,999 raqamli savdo hisob-varaqlari uchun foydalaniladi;

Singapurdagi server, InstaSpot-Singapore.com yoki 148.251.136.73:443 manzilga ega bo'lgan va 7,000,000 dan 8,000,000 gacha va 70,000,000 - 72,999,999 raqamli savdo hisob-varaqlari uchun foydalaniladi;

Gollandiyadagi server InstaSpot-Europe.com yoki 195.201.11.173:443 manzilga ega bo'lgan va 5,000,000 dan 6,000,000 gacha va 50,000,000 - 52,999,999 raqamli savdo hisob-varaqlari uchun foydalaniladi;

Gonkongdagi server, InstaSpot-HongKong.com yoki 148.251.81.226:443 manzilga ega bo'lgan va 1,000,000 dan 2,000,000 gacha va 10,000,000 - 12,999,999 raqamli savdo hisob-varaqlari uchun foydalaniladi;

Buyuk Britaniyadagi server, InstaSpot-UK.com yoki 195.201.56.157:443 manzilga ega bo'lgan va 2,000,000 dan 3,000,000 gacha va 20,000,000 - 22,999,999 raqamli savdo hisob-varaqlari uchun foydalaniladi;

sentli hisob-varaqlari uchun server InstaSpot-Cent.com yoki 138.201.30.162:443 manzilga ega bo'lgan va 3,000,000 dan 3,500,000 gacha va 30,000,000 - 32,999,999 raqamli savdo hisob-varaqlari uchun foydalaniladi;

sentli hisob-varaqlari uchun server InstaSpot-Cent2.com yoki 176.9.138.180:443 manzilga ega bo'lgan va 3,500,000 dan 4,000,000 gacha va 35,000,000 - 37,999,999 raqamli savdo hisob-varaqlari uchun foydalaniladi.

Demo-hisob-varag'ini ro'yxatdan o'tkazishda quyidagi serverlardan birini ko'rsatish kerak:

tanlovlar uchun server InstaSpot-1Contest.com yoki 148.251.136.79:443 manzilga ega bo'lgan, 65,000,000 dan boshlab raqamli demo-hisob-varaqlari uchun foydalaniladi;

boshqa demo-hisob-varaqlari uchun server, InstaSpot-1Demo.com yoki 188.138.32.156:443 manzilga ega, 60,000,000 dan 65,000,000 gacha bo'lgan hisob-varaqlari uchun.


Mavzular ro'yxatiga o'tish
info icon Savdo shartlari bo'yicha savollar

Nima uchun InstaForeks standart 100000 lot o'rniga 10000 lotdan foydalanadi?

InstaForeks kompaniyasi Forexda bitta hisob-varag'i ichida bir yo'la uch xil hisob-varaqlaridan foydalanib savdo qilish imkoniyatlarini taqdim etadi: Micro Forex, Mini Forex, Standard Forex. Bunday texnologiyani amalga oshirish imkoni bo'lishi uchun lotning 10000 nostandart o'lchovi kiritilgan edi, u 0.01 lotga bitim qilganda 0.01 USD punktni narxini beradi, ya'ni multaq minimumni beradi, u esa 5000-10000 gacha hisob-varaqlari egalariga o'z xavflarini maksimal nazorat qilish imkonini beradi. Ayni paytda, 10000 ga teng bo'lgan lot o'lchovi bitimlarni ochishda punkt qiymatini hisoblashni oson qulay qiladi.

Quyida keltirilgan ma'lumotlarga qarash etarlidir:
0.01 InstaForeks-lotli bitim = Punkt narxi 0.01 USD
0.1 InstaForeks-lotli bitim = Punkt narxi 0.1 USD
1 InstaForeks-lotli bitim = Punkt narxi 1 USD
10 InstaForeks-lotli bitim = Punkt narxi 10 USD
100 InstaForeks-lotli bitim = Punkt narxi 100 USD
1000 InstaForeks-lotli bitim = Punkt narxi 1000 USD

Hisob-kitoblarning qulayligi va bitta savdo hisob-varag'ida Forex-savdoning uchta darajasini bir yo'la qo'shib olib borish imkoniyati InstaForeks-lotlarini InstaForeks kompaniyasining so'zsiz afzal qiladi.


Kredit yelkasi - bu nima?

Kredit yelkasi - bu garov summasi bilan unga ajratilgan qarz mablag'larining o'zaro nisbati (1:100, 1:200, 1:1000). 1:100 kredit yelkasi brokerdagi savdo hisob-varag'ida bitimni amalga oshirish uchun Siz bitimning summasidan 100 marta kam summaga ega bo'lishingiz kerakligini bildiradi. InstaForkes kompaniyasida Siz 1:1 dan 1:1000 gacha yelka tanlashingiz mumkin.


Nima uchun men bozorni kuzatish darchasida barcha simvollarni kurmayapman?

Bu Sizning terminalingiz u yoki bu juftliklar bo'yicha kotirovkalarni olishga obuna bo'lish bilan bog'liq. Taqdim etilayotgan kotirovkalar ro'yxatini kengaytirish uchun bozorni kuzatish darchasida o'ng tugmachani bosish va - "Hammasini ko'rsatish" bandiga bosish yetarli.


Yangiliklar vaqtida spredlar kattalashtirilishi mumkinmi?

InstaForeks kompaniyasi yangiliklar vaqtida hech qachon spredlarni kattalashtirmaydi. Har bir treyder shunga ishonch hosil qilishi mumkinki savdo shartlari hatto "yangiliklar" vaqtida ham o'zgarishsiz qoladi.


Men maslahatchilardan foydalanishim mumkinmi, va bu masalada biror cheklashlar mavjudmi?

Maslahatchilardan foydalanishga hech qanday cheklashlar mavjud emas.


Men kompaniyaga biron narsa qarz bo'lib qolishim mumkinmi?

Yo'q, bo'lishi mumkin emas. Agar bitim natijasida hisob-varag'ida minus hosil bo'lsa, kompaniya uni nolgacha tiklash majburiyatini oladi.


Demoda savdo qilish haqiqiy savdo hisob-varaqlarida savdo qilishdan farq qiladimi?

Savdo shartlarida yoki tasniflarida farqlar ko'zda tutilmagan. Demo hisob-varaqlarida ishlash shartlarini takrorlaydi, faqat farq shundaki, o'quv hisob-varaqlari uchun yechib olish va to'ldirish operatsiyalaridan foydalanib bo'lmaydi.


Minimal depozit qanchaga teng?

Minimal depozit bir dolarni tashkil etadi, bu esa Sizga vositalardan har biri bo'yicha bitim ochish imkonni beradi.


Nima uchun EUR/GBP, EUR/CHF juftliklari suzuvchi spredlarga ega?

Suzuvchi spred eng yirik xalqaro brokerlar tomonida o'z ishlarida foydalanadigan umume'tirof etilgan vosita hisoblanadi. Bir qator savdo vositalari uchun, shu jumladan EUR/GBP, EUR/CHF uchun ham suzuvchi spred qo'llaniladi. Spred kompaniya ishlayotgan bozor sharoitlari bilan belgilanadigan bitim uchun brokerga beriladigan mukofot hisoblanadi. Spredlarning kontragentlarda ko'tarilishi munosabati bilan va o'zgaruvchanlik past bo'lgan paytda spred suzuvchi holatga o'tkazilgan edi. Suzuvchi spred qo'llaniladigan barcha vositalar bo'yicha axborot bilan Siz spetsifikatsiyalar sahifasida tanishib olishingiz mumkin


Iltimos, bonuslarni olish uchun havolani bering?

Siz istagan bonus turini tanlashingiz va uni olish uchun so'rovni bu yerda yuborishingiz mumkin.


Sizda mikro va mini hisob-varaqlari mavjudmi?

Ha, mavjud, biroq InstaForexda bunday savdo mikro- va mini-lotlarda amalga oshiriladi, ya'ni Siz bizda 0,01 lotdan boshlab savdo qilishingiz mumkin, bu mikro-hisob-varag'iga ekvivalentdir.


Men kredit telkasini qanday almashtirishim mumkin?

Kredit yelkasini o'zingiz Mijoz kabinetida mustaqil almashtirishingiz mumkin.
Agar biror sabablarga ko'ra Siz Mijoz kabinetida buni bajarishning imkoni bo'lmay qolsa, u holda Live chat, Skype orqali qo'llab-quvvatlash xizmati bilan bog'laning va ularga savdo hisob-varag'i raqamini, telefon parolini va istagan yelkani xabar qiling.


Men treyder parolini yoki pin-kodni unutdim, (yoki men treyder parolini yoki pin-kodni o'zgartirmoqchiman) - buni qanday qilishim mumkin?

Treyder paroli mijoz tomonidan mustaqil Mijoz kabinetida o'zgartilishi mumkin, yoki MetaTrader savdo terminalining sozlanmalarida o'zgartiriladi.

Unutilgan treyder parolini o'zgartirish uchun, iltimos, istalgan usul bilan qo'llab-quvvatlash xizmatiga hisob-varag'i raqamini va telefon parolinini xabar qiling. Shuningdek, istagan yangi treyder paroli (lotin xarflari va raqamlarda, 6 tadan 12 tagacha simvol) ni ayting.

Agr telefon paroli unutilgan yoki uni almashtirish zaruriyati bo'lsa, qo'llab-quvvatlash xizmatiga support@instaspot.net yoki clients@instaforex.com pochtalari orqali murojaat qiling, bunda xatga pasport/haydovchilik guvohnomasining skanini ilova qiling, hamda hisob-varag'i raqamini xabar qiling. Sizning treyder parolingiz tiklanadi yoki Sizing xohishingizga ko'ra o'zgartiriladi.

Mablag'larni yechish uchun foydalanadigan PIN-kodni o'zgartirish uchun qo'llab-quvvatlash xizmatiga support@instaspot.net yoki clients@instaforex.com pochtasi orqali murojaat qiling, bunda xatga pasport/haydovchilik guvohnomasining skanini ilova qiling, hamda hisob-varag'i raqamini xabar qiling. Shuningdek, xatda yangi PIN-kod (raqamlar, yoki raqamlar va xarflar)ni ko'rsating.


Men bir ismga bir nechta hisob-varaqlarini ochishim mumkinmi?

Ha, mumkin. Bir ismga ochiladigan haqiqiy va o'quv hisob-varaqlarining soniga cheklanishlar yo'k.


Men MetaTraderda ko'pi bilan 8 lot savdo qilishim mumkinmi?

Yo'q, islagan lotlar sonini (10000 gacha) o'zingiz kiritishingiz mumkin.


MetaTraderda men eng ko'pi bilan 8 ta lot bilan savdo qilishim mumkinmi?

Yo'q, qo'lda istagan miqdordagi lotlarni (10000 gacha) yozib qo'yish mumkin.


Mavzular ro'yxatiga o'tish
info icon MetaTrader 4 va MetaTrader 5 savdo terminallari orasida farqlar

Foreks bozorida haqiqiy o'sishga erishgan va ko'pchilik treyderlarga yoqib qolgan MetaTrader savdo platformasi 2001 yildan beri ma'lum. 14 yil mobaynida MetaQuotes Software Corp. kompaniyasi - savdo platformasi ishlab chiqaruvchisi – ilovani takomillashtira oldi va uni funksional qila oldi. MetaTrader savdo terminalining bugungi kundagi mashhur modifikatsiyalari MetaTrader 4 va MetaTrader 5 hisoblanadi. Platformaning 4 va 5-versiyalari orasida faqat chiqish vaqti bo'yicha emas, balki ilovaning "ichida" ham, shuningdek savdo jarayonini tashkil etishda jiddiy farqlar bor. MetaTrader 4 va MetaTrader 5ning farq qiluvchi xususiyatlari bilan yanada mufassal tanishib chiqishni taklif etamiz.

T/rTaqqoslash uchun bandlarMetaTrader 4MetaTrader 5
1O'rnatishKo'p vaqtni olmaydi va oddiy hisoblanadi, hisob-varag'ini ochishda tanlab olinadigan broker-kompaniyaning serveri manzilini talab etadi.Ko'p vaqtni olmaydi va oddiy hisoblanadi, hisob-varag'ini ochishda tanlab olinadigan broker-kompaniyaning serveri manzilini talab etadi.
2Grafiklarning akslantirishBir vaqtda ochilishi mumkin bo'lgan grafiklar miqdori cheklanmagan. Tikli grafikda savdo qilish mumkin.Bir vaqtda ochilishi mumkin bo'lgan grafiklar miqdori cheklanmagan. Tikli grafikda savdo qilish mumkin.
3Taymfreymlar soni9 ta vaqtli davrlar21 ta vaqtli davrlar
4Fundamental tahlil (yangiliklar bo'yicha savdo qilish)Iqtisodiy taqvim mavjud emas, biroq qo'shimcha plaginlarni o'rnatish imkoniyati bor.Terminalda tadbirlar va voqealar, jadvallar va bashoratlar va h.k.lar sharhlari bilan iqtisodiy taqvim o'rnatilgan.
5Texnik indikatorlar, grafik va tahliliy ob'ektlar30 ta indikator
mavjud emas
mavjud emas
38 ta indikator
46 ta grafik ob'ekt
22 ta tahliliy ob'ekt
6Foreks-maslahatchilarMetaTrader 4 muharriri
Strategy Tester 4 (Strategiyalar testeri)
Mahsulotlar savdo terminalining faqat 4-versiyasiga moslangan, MQL 4 tili yordamida yozilgan.
MetaTrader 5 redaktor
Strategy Tester 5 (Strategiyalar testeri)
Strategy Tester Agent Manager 5
Mahsulotlar yaxshilangan va yangilangan, savdo terminalining faqat 5-versiyasiga moslangan, MQL 5 tili yordamida yozilgan. MetaTrader 4ga qaraganda MetaTrader 5da masalahatchilarni yig'ish yoki yaratish ancha murakkab.
7Orderlarning turlari va miqdoriBozor orderlari – 2
Kechiktirilgan orderlar – 4
Stop-orderlari – 2
Bozor orderlari – 2
Kechiktirilgan orderlar – 6
Stop-orderlari – 2
8DarajalarFoydalanuvchi bitta valyuta vositasida va yo'nalishida, ammo turli xil darajalarda istagan sondagi orderlarni ochishi va har biri bilan alohida ishlashi mumkin.Foydalanuvchi bitta yo'nalishda istagan sondagi orderlari ochishi mumkin, ammo ular grafikda birlashadi va bitta yagona pozitsiyani egallaydi.
9Qo'shimcha MQL-mahsulotlarini sotib olishQo'shimcha mahsulotlarni sotib olish uchun MQL4.com saytiga o'tish zarur. Savdo platformasining bu versiyasi mazkur portalga avtomatik o'tishni amalga oshirmaydi.MQL-mahsulotlarni maxsus ilovani ochib sotib olish mumkin. Mahsulotlar saytga o'tgandan so'ng emas, balki o'rnatilgan ilova orqali xarid qilinadi.
10LokirovkalashQarshi pozitsiyalarni lokirovkalashni amalga oshirish mumkin.Qarshi pozitsiyalarni lokirovkalashni amalga oshirish mumkin.
11Savdo qilish (xedjirlash, FIFO va h.k.)Barcha savdo usullarini va strategiyalarini qo'llagan holda treyding uchun sharoitlar yaratilgan.Barcha savdo usullarini va strategiyalarini qo'llagan holda treyding uchun sharoitlar yaratilgan.
12Foydalanuvchilar miqdoriSavdo terminalining mazkur versiyasidan foydalanuvchi brokerlar soni 5-versiyaning tarafdorlari sonidan ortadi.Mazkur savdo platformasini qo'llovchi va unda xizmatlarni taklif etuvchi brokerlar soni 4-versiyadagiga qaraganda ancha kam.
13BozorForeks bozorining vositalari bilan, shuningdek fyucherslar, opsionlar, qimmatli qog'ozlar va h.k.lar bilan savdo qilish.Foreks bozorining asosiy vositalari, shuningdek metallar, aksiyalar.
14Narxlar stakaniMavjud emasKiritilgan
15InterfeysOddiy va qulay. "Bir chaqirishda savdo qilish" va "Olib kirish" vazifalari platformaning 500-versiyasida mavjud.Ancha optimallashtirilgan, dizayn o'zgartirilgan. "Bir chaqirishda savdo qilish" va "Olib kirish" vazifalari ulangan. Izlash satri qo'shilgan, "Bozor sharhi" darchasida axborot ilovasi paydo bo'ldi.
16Mijoz kabinetiMijoz kabinetining barcha servislaridan foydalanish mumkin.MT5 platformasida hisob-varaqlari uchun mijoz kabineti mavjud emas. Mablag'lar bilan to'ldirish va yechib olish bosh sayt orqali amalga oshiriladi.
Mavzular ro'yxatiga o'tish
info icon Hamkorlik dasturi bo'yicha savollar

Agar men hamkor bo'lsam, menga beriladigan mukofot qancha bo'ladi?

Сiz har bir bitimdan 1,5 punkt olasiz. Bu butun dunyoda foydalanish uchun qabul qilingan standart sxemadir.


Men boshqa mijozlarni qanday qilib jalb qilaman?

Hamkorlik hisob-varag'i ochilgandan so'ng (bunda bu hisob-varag'i orqali ham savdo qilish mumkin) Siz mijozlarni hamkorlik havolalarini tarqatish bilan, unga tashrif buyurilgandan so'ng ular avtomatik tarzda sizning referalingiz bo'lib hisoblanadi, ham tanishlar orasida axborot tarqatib ham Siz mijozlarni jalb qilishingiz mumkin. Ikkinchi holda, Sizning tanishingizni referal sifatida yozib qo'yish uchun Siz unga o'zingizning hamkorlik kodingizni aytishingiz yetarli (bu kodni u hisob-varag'ini ochishda qayd etish shaklida yozib qo'yish zarur bo'ladi) yoki uning FISh va hisob-varag'i raqamini, shuningdek o'z hamkorlik hisob-varag'i raqamini rus.partners@instaforex.com ga xatda ko'rsatish kerak. Hamkorlik dasturi bo'yicha to'liq axborot bilan Siz saytning maxsus bo'limida tanishib olishingiz mumkin.


Hamkorlik komissiyalarini yechib olishga biror cheklashlar bormi?

Hech qanday cheklashlar yo'q.


Hamkorlik dasturida ishtirok etish uchun biror talablar bormi?

Hech qanday talablar yo'q. Siz yangi tashrif buyuruvchilarni tanishlar orasida axborotni tarqatib ham, Sizning hududingizda kompaniyaning vakili sifatida ishlab ham jalb qilishingiz mumkin.


Mavzular ro'yxatiga o'tish
info icon Foreks Opsionlar bo'yicha savollar

Opsionlarni qachon sotib olish mumkin?

Opsionlar savdosi dushanba kuni 00:01 GMT+2 dan juma kuni 23:50 GMT+2 gacha bo'ladi, Forex bozorida savdolar bo'lmaydigan kunlar mustasno.


Bir sutkada opsionlarni sotib olish limiti qanday?

Sotib olingan opsionlar miqdori va bir sutkadagi yig'indi nominali bo'yicha limit mavjud emas.


Qaysi valyutadagi hisob-varaqlarida optsionlarni sotib olish mumkin?

Opsionlar savdosi USD, EUR, RUR, US Cent va EUR Cent valyutasida ochilgan hisob varaqlari uchun foydalanishi mumkin.


Opsionlarning minimal va maksimal nominallari qanday?

USD valyutasida ochilgan hisob-varaqlari uchun minimal va maksimal nominal bo'lib mos holda 1 USD va 1000 USD hisoblanadi. EUR uchun – bu 1-1000 EUR. Rublli (RUB) hisob-varaqlari uchun minimal nominal 30 RUB va maksimal nominal – 15000 RUB. Sentli hisob-varaqlari uchun nominallar diapazoni 100 dan 50000 sentgacha teng.


Opsionlarni xarid qilish va sotish narxlari qanday belgilanadi?

Opsionlarni xarid qilish va sotish paytidagi narx bo'yicha InstaForeks-USA serverining haqiqiy kotirovkalaridan foydalaniladi.


Men xarid qilingan opsionni bekor qilishim mumkinmi?

Siz opsionni xarid qilish vaqtiga qadar 3 daqiqa avval mazkur opsionni nominalidan 10% tutib qolish sharti bilan bekor qilishingiz mumkin. Agar opsion sotib olingan bo'lsa, uni bekor qilib bo'lmaydi.


Agar opsionni xarid va sotish narxi o'zgarmasa nima bo'ladi?

Agar tanlab olingan vositaning narxi opsionning amal qilish vaqtidan tugashi vaqtigacha o'zgarmasa, bu opsion qiymatini oshirishga yoki kamatirishga tanlangan shart kelib tushmaganligi sababli yutqizishli opsion hisoblanadi.


Mavzular ro'yxatiga o'tish
info icon Hisob-varag'ini verifikatsiyasi bo'yicha savollar

Verifikatsiya nima?

Verifikatsiya – hisob-varag‘ini ro‘yxatdan o‘tkazishda ko‘rsatilgan shaxsiy ma’lumotlarni tasdiqlashdir. Verifikatsiyaning ikki darajasi mavjud. Birinchi darajasida hisob-varag‘i egasining shaxsi tasdiqlanadi, ikkinchisida esa turar joy manzili.


Hisob-varag‘ini verifikatsiya qilish nima uchun kerak?

Verifikatsiya savdo hisob-varag‘ini to‘ldirish yoki undan mablag‘ yechib olish, shuningdek bonuslar olish uchun kerak.


Hisob-varag‘ini qaerda verifikatsiya qilish mumkin?

Hisob-varag‘ini mijozlar kabinetida”Verifikatsiya” -> "Hisob-varag‘ini verifikatsiya qilish " bo‘limida yoki Android uchun InstaVerify, mobil ilovasida (Google Playda yuklab olish mumkin) verifikatsiya qilish mumkin.


Hujjatlar verifikaiya uchun yuklangan yoki yuklanmaganini qanday tushunish mumkin?

Agar hujjatlar yuklangan bo‘lsa, u holda "Hisob-varag‘ini verifikatsiya qilish " sahifasida tegishli maqom paydo bo‘ladi: hujjatlar muvaffaqiyatli yuklandi va menejer tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Bundan tashqari, Sizning elektron pochtngizga hujjatlar yuklanganini tasdiqlovchi xat keladi. Verifikatsiyaga ariza ko‘rib chiqilganidan so‘ng shaxsiy kabinetdagi maqom o‘zgaradi va Sizning pochtangizga tekshirish natijasi ko‘rsatilgan xat keladi. Agar hujjatlar ilova orqali yuklangan bo‘lsa, u holda verifikatsiya maqomini InstaVerify mobil ilovasida, shuningdek push-xabarnomalar yordamida kuzatish mumkin.


Hisob-varag‘ini verifikatsiya qilish qanchalik uzoq vaqt davom etadi?

Odatda hisob-varag‘ini verifikatsiya qilish uchun 24 soat, ariy hollarda esa undan ko‘proq vaqt ketadi.


Hisob-varag‘ini verifikatsiya qilish majburiymi?

Bu majburiy emas, ammo ba’zida savdo varag‘ini to‘ldirish/mablag‘ yechib olish, shuningdek bonuslar olish uchun zarur.


Verifikatsiya qilinmagan hisob-varaqlarida mablag‘ni to‘ldirish/undan mablag‘ni yechib olish mumkinmi?

Ha mumkin, faqat bank kartasi va bank o‘tkazmasi orqali mablag‘ bilan to‘ldirish/undan mablag‘ yechib olish bundan mustasno.


Verifikatsiya uchun qanday hujjatlar kerak?

Verifikatsiya qilishning birinchi darajasida pasport yoki identifikatsiya kartochkasidan foydalanish tavsiya etiladi, ikkinchi darajasida kommunal xizmatlar uchun kvitantsiya yoki bank hisob-varag‘idan ko‘chirmadan foydalanish tavsiya etiladi. Verifikatsiya qilishning aniq bir darajasi uchun to‘g‘ri keladigan hujjatlar ro‘yxati saytning “Treyderlar uchun” -> “Hisob-varag‘ini verifikatsiya qilish” bo limida joylashtirilgan.


Hisob-varag‘ini verifikatsiya qilish uchun faylning minima/maksimal o‘lchovi qanday?

Minimal ajratish qobiliyati 400 piksel. Faylning maksimal o‘lchovi 25 Mb.


Menga hisob-varag‘im verifikatsiyadan o‘tmaganligi to‘g‘risida xat keldi, nima qilish kerak?

Mijozlar kabineti/InstaVerify mobil ilovasida yoki verifikatsiyaga ariza ko‘rib chiqishgandan keyin Siz pochtangizda oladigan xatdagi tavsiyalarga amal qilish yoki hisob-varag‘i raqamlarini, kod so‘zini ko‘rsatib va muammoning mohiyatini bayon qilgan holda verification@mail.instaforex.com, manziliga xat jo‘natish lozim.


Hujjatni yuklashga urinishda xatolik yuzaga keldi/hech nima bo‘lmayati, nima qilish kerak?

Fayllarning o‘lchamlarini, formatini va ajratish qobiliyatini tekshirish kerak. Eslatib o‘tamiz, yo‘l qo‘yiladigan formatlar: .png, .jpeg, .jpg, .gif i .pdf., ajratish qobiliyati 400 pikseldan boshlab, o‘lchovi 25 Mb gacha. Agar Siz bir necha faylni yuklashga urinayotgan bo‘lsangiz, u holda fayllarning yig‘indi o‘lchovini tekshirish kerak, u 25 Mb dan oshmasligi kerak. Ehtimol, muammoni brauzerni almashtirish hal qilishi mumkin.


Men yangi hisob-varag‘ini ochdim. Har bir hisob-varag‘ini alohida-alohida verifikatsiya qilish kerakmi?

Angi hisob-varag‘ini ochishda uni verifikatsiya qilishdan avtomatik tarzda o‘tish mumkin. Buning uchun verifikatsiya qilingan hisob-varag‘ining shaxsiy kabinetiga kirish, "Hisob-varag‘ini sozlash "/"Hisob-varaqlarini boshqarish", bo‘limini tanlab olish, shundan so‘ng yangi hisob-varag‘ini biriktirish kerak. Biriktiriladigan hisob-varag‘ining barcha shaxsiy ma’lumotlari, hatto imlo belgilarigacha to‘la mos kelishi kerak.


Uchinchi darajali verifikatsiya qilish nima uchun kerak?

Uchinchi darajali verifikatsiya bonuslarning ayrim turlaridan foyda yechib olish uchun kerak. Agar Sizga uchinchi darajali verifikatsiya kerak bo‘lsa, u holda bu haqdagi xabanoma mablag‘larni yechib olish sahifasida paydo bo‘ladi. Aks holda uchinchi darajali verifikatsiya talab etilmaydi.


Uchinchi darajasi verifikatsiya uchun nimalarni yuklash kerak?

Uchinchi darajali verifikatsiya uchun qo‘lgan hujjatni olgan holsa tushilgan selfini yuklash kerak. Selfida hisob-varag‘i egasining yuzi va hujjatning hammasi aniq ko‘rinishi kerak. Hujjatdagi ma’lumotlar aniq ko‘rinishi kerak. Qo‘lda verifikatsiyaning birinchi dajarasida qabul qilingan hujjat bo‘lishi kerak.


Mavzular ro'yxatiga o'tish
info icon Umumiy savollar

Men FOREXda minimal depozit bilan ishni boshlasam, qancha ko'p ishlab topishim mumkin?

Bu Sizning tajribangizga bog'liq. Valyuta bozorida savdo qilish, ehtimoldagi foydadan tashqari, depozitni yo'qotish havfi bilan ham bog'liq, bu holat treyder tomonidan qarorlar qabul qilishda hisobga olinishi kerak. O'zingizning xavflaringizni va o'z professionalligingizni faqat o'zingiz baholashingiz mumkin. InstaForeksning savdo shartlari boshlovchi treyderdan tajribali treydergacha bo'lgan yo'lni maksimal darajada osonlik bilan o'tish uchun yaratilgan.


Qo'llab-quvvatlash va qarshilik ko'rsatish darajalari nima?

Qo'llab-quvvatlash darajasi - kurs taxminan yuqoriga qarab ko'tarilishi mumkin bo'lgan paytdagi joriy kursdan past daraja. Qarshilik ko'rsatish darajasi - kurs taxminan pastga qarab burilishi mumkin bo'lgan taxminan joydagi joriy kursdan yuqori daraja.


Treyling-stop nima?

Siz treyling-stopni (masalan, X punktga) chiqarib qo'yganingizda quyidagi holat yuzaga keladi: pozitsiya X punktga foydaga chiqmaguncha (treyling-stopning ko'rsatilgan kattalikka)terminal hech qanday amallarni bajarmaydi. Shundan so'ng terminal joriy narxdan X punkt masofada stop-lossni chiqaradi (mazkur holda - zararsizlik darajasida). Joriy narx va chiqarilgan stop-loss orasidagi masofa X punktdan oshadigan kotirovkani olishda terminal joriy narxdan X punkt masofada stop-orderni o'zgartirishga buyruq jo'natadi. Ya'ni stop-loss joriy narxgacha X punkt masofada "kuzatib boradi". Shunday qilib, treyling-stop - bu boshqarishning ma'lum algoritmi stop-lossning – «narx ketidan profitga harakatidir». Diqqat! Treyling-stop Sizning savdo terminalingiz ishga tushirilganda va bizning serverga interenet orqali ulangandagina ishlaydi.


Profit yoki narx harakatining "figurasi" nima?

Profit figurasi deb ko'pincha 100 punkt foydaga aytiladi. Narx harakati figurasi deb 100 pp. harakatga aytiladi. Shuningdek yaxliy narxlarni ham figura deb ataladi. Masalan, "EURUSD 17-figuradan o'tmoqda" ifodasi kurs 1.1700 belgidan yuqori ko'tarilganini anglatadi.


Savdolar qaysi payt amalga oshiriladi?

Savdolar yakshanba kuni Grinvich vaqti (GMT +00) bo'yicha 22:00 da ochiladi va juma kuni soat 22:00 (GMT +00) da yopiladi.


InstaForeks kompaniyasi nechta savdo serverlaridan foydalanadi va ular qaysi hududlarda joylashtirilgan?

Ayni paytda InstaForeksning savdo tizimi o'z ichiga haqiqiy hisob-varaqlari uchun 2 ta savdo serverini va DEMO hisob-varaqlari uchun uchun bitta savdo serverini qamrab oladi. Ikkita savdo serveri yuklanishning oraliq data-markazlar tizimi vositasida taqsimlaydi, bu data-markazlar o'z ichiga butun dunyo bo'ylab joylashgan 7 ta serverni o'z ichiga qamrab oladi. Shunday qilib, 10 ta serverdan tashkil topgan tizim har bir mijozga savdo markazi bilan ishonchli va tez ulanish imkonini beradi. Oraliq data-markazlardan biri ortiqcha yuklangan holda mijozlar terminali avtomatik ravishda kamroq yuklangan data-markazga ulanadi.

AQShda InstaForexning savdo serveri 5 ta data-markazga ega va butun dunyoda mijozlar uchun, jumladan, Evropadagi, Afrikadagi va Rossiyadagi mijozlar uchun mo'ljallangan. Amerikaning eng yaxshi provayderlaridan biri ta'minlaydigan ishonchli aloqa kanallari va juda kuchli texnik yechimlar AQShda InstaSpot savdo serverini Evropa va Amerika mamlakatlaridagi mijozlar o'rtasida mashhur qiladi.

Singapurdagi InstaSpot savdo serveri (111.235.136.17:443) 2 ta markazga ega va kompaniyaning yaqin Sharq va Janubiy Osiyo mintaqasidagi mamlakatlaridagi mijozlari tomonidan foydalaniladi. Chetdagi mijozlarning serverga ulanishidagi qisqa vaqt uni savdo tezligini qadrlovchi Osiyodagi mijozlar uchun jozibali qiladi. Osiyodagi eng yirik moliya markazi - Singapurdagi yetkachi provayderlarda joylashgan 2 ta data-markaz savdo serverlariga tushadigan yuklanishni shunday tarzda taqsimlaydiki, bunda InstaSpot mijozlari uchun savdoning maksimal uzluksiz vaqti ta'minlanadi.

InstaForeks kompaniyasining har bir yangi mijozi dunyoning qaysi chekkasida bo'lishidan qat'iy nazar o'zining ehtiyojlariga ko'ra kompaniyaning ikkita savdo serveridan birini tanlashi mumkin. InstaForeksning savdo serverlaridan har biri Internet orqali o'z investitsiyalarini boshqarishning ishonchli vositasi bo'lib hisoblanadi, dunyoning turli qismlaridan serverlargacha yetish vaqtidagi farq 0.2 sekunddan oshmaydi. Kompaniyaning ko'pchilik mijozlari bir yo'la ikkala serverda bir necha hisob-varaqlarini ochishadi, bunda ulardan har birining amalda ishlash sifatini baholash imkoniyati paydo bo'ladi.


InstaSpot kompaniyasi ECN-broker xizmatini taqdim etadimi?

InstaSpot kompaniyasi universal broker hisoblanadi va o'z mijozlariga Foreks bozorida savdo qilish uchun vositalar va imkoniyatlarning to'liq to'plamini, shu jumladan ECN-broker xizmatlarini ham taqdim etadi. ECN-brokerlarning ishi mohiyati to'g'risidagi yanada mufassal axborotni kompaniya saytining tegishli sahifasida sahifasida bilib olishingiz mumkin.


Mavzular ro'yxatiga o'tish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.