empty
 
 
uz
Qo'llab-quvvatlash
Hisob-varag'ini tez ochish
Savdo platformasi
To'ldirish / Yechish

PAMM-tiziida ishtirok etuvchi har bir investor quyidagi imkoniyatlarga ega bo'ladi:

  • Boshqaruvchi Treyderlardan ko'pchiligining monitoringiga kira olish imkoniyati, ular orasida Investor mablag'larini investitsiya qilishga tayyor bo'lgan hisob-varaqlarini tanlab olish mumkin
  • Uning savdosining ijobiy natija berishiga ishonch darajasiga bog'liq holda istagan hajmda Boshqaruvchi Treyderning hisob-varag'iga mablag'larni investitsiyalash
  • Turli hisob-varaqlariga investitsiya qilish vositasida xatarlarni diversifikatsiya qilish, shuningdek mayda mablag'lardan foydalanish
  • O'sha hisob-varaqlariga takroran investitsiya qilish, investitsiyalash miqdoriga cheklashlar mavjud emas
  • PAMM-Investor kabineti orqali buyurtma qilinadigan PAMM-Treyderning hisob-varag'idan mablag'larni avtomatik tarzda qaytarish
  • Boshqaruvchi Treyderning joriy daromadi to'g'risidagi axborotni o'z ichiga oluvchi savdo hisob-varag'ining holatini ko'rib chiqish
  • Boshqaruvchi Treder bilan aloqa qilish uchun u haqda to'liq aloqa axborotni olish
  • Mazkur savdo hisob-varag'iga boshqa Investorlar tomonidan amalga oshirilgan investitsiyalarning miqdori va shakli to'g'risidagi axborotni o'zi ichiga oluvchi Boshqaruvchi Treyderning savdo hisob-varag'i statistikasini ko'zdan kechirib chiqish
  • Boshqaruvchi Treyderning mablag'larni hisob-varag'idan yechib olishdan himoyalashga kafolat berish: mablag'larni Boshqaruvchi Treyder yechib olishi uchun uning hisob-varag'idagi PAMM tizimda ro'yxatda olingan va bitimlarda ishtirok etmaydigan qismigina mumkin

Qanday qilib PAMM-Investor bo'lish mumkin?

Savdo hisob-varag'iga ega bo'lgan InstaForeks kompaniyasining har bir mijozi PAMM-Investor bo'lishi mumkin. Buning uchun mijozlar kabinetida avtorizatsiyadan o'tish va chap tomondagi menyuda "PAMM-Tizim" bandini tanlash yetarli, shundan so'ng Sizga o'z ichiga akseptlashni qamrab oluvchi PAMM-tizimda ro'yxatdan o'tish tadbiridan o'tish taklif etiladi. PAMM-tizim doirasida Xizmatlardan foydalanish to'g'risidagi bitim, shuningdek Siz Investitsiya kiritadigan har bir Boshqaruvchi Treyderga ko'rinadigan aloqa ma'lumotlarini (e-mail va telefon) ko'rsatish taklif etiladi.

Ro'yxatdan o'tgandan so'ng Sizning savdo hisob-varag'ingiz darhol PAMM-Investorning haqiqiy hisob-varag'i bo'lib qoladi. Bu savdo qilishning odatdagi funksiyalaridan tashqari unda Sizga boqaruvchi trederlarning hisob-varag'ida mablag'larni investitsiya qilishni nazarda tutuvchi PAMM-Tizim xizmatlaridan ham, shuningdek monitoringdan ham foydalanishingiz mumkin bo'ladi. Siz PAMM-Tizimda ro'yxatdan o'tkazilgandan keyin birinchi daqiqa ichida investitsiyalarni amalga oshirishingiz mumkin bo'ladi, biroq PAMM-Tizim doirasida haqiqiy harakatlardan avval biz PAMM-Tizimnin barcha imkoniyatlari bilan tanishib chiqishni, investitsiya qilishni PAMM-Tizimni amalda tadqiq etish va o'rganish uchun esa o'zingiz uchun arzimas hisoblangan mablag'lardan boshlashni qat'iy tavsiya etamiz.

Maslahat: investitsiya qilishning va mablag'larni qaytarib olishning barcha bosqichlarini o'rganib chiqish uchun minimal mablag'ni - 1 dollarni investitsiya qilish mumkin. Bu mablag'larni Boshqaruvchi Treyderning hisob-varag'iga investitsiya qilishning barcha bosqichlarini amalda ko'rishga va ulush haqida foydani hisoblash qoidalarini to'g'riligiga ishonch hosil qilishga imkon beradi.


Shuningdek quyidagilarni ham ko'ring

Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.