Bizning jamoada 7 000 000 ortiq treyderlar! Har kuni biz treyding yaxshiroq bo'lishi uchun birgalikda ishlaymiz. Yuqori natijalarga erishamiz va oldinga harakatlanamiz.
Butun dunyo bo'yicha millionlab treyderlarning tan olishi - bu bizning ishimizning eng yuqori bahosi! Siz o'z tanlovingizni qildingiz, biz esa Sizning kutishlaringizni oqlash uchun barchasini bajaramiz!
Birgalikda biz zo'r jamoamiz!
InstaForeks. Siz uchun ishlashimizda faxrlanamiz!
Aktyor, qoidalarsiz kurash bo'yicha dunyo chempioni va oddiy haqiqiy rus qahramoni! O'zini o'zi yaratgan kishi. Bu kishi bilan bizning yo'limiz bir. Taktarovning muvaffaqiyat siri - maqsad tomon doimiy harakat.
Sen ham o'z qobiliyatining barcha qirralarini och! Bilib ol, sinab ko'r, xato qil, lekin to'xtama!
InstaForeks - sening g'alabalaring bu yerda boshlanadi!
Foreks bozorida dollar bilan juftlikda yuruvchi asosiy valyuta juftliklari (major) dan tashqari dollar ishtirok etmaydigan kross-valyutalar ham bor. Asosiy valyuta juftliklari bilan savdo qilishda dollarning harakatini tahlil qilish savdoda bir muammo hisoblanadi. Juftlikdagi ikkinchi valyuta (EUR – yevro, JPY – yapon ienasi, CHF – shveysariya franki, GBP – britaniya funti) ning tahlili ikkinchi darajaga o'tadi.
Kross-valyuta juftliklari bilan ishlashda bir valyutani baholash AQSh dollarida emas, balki ikkinchi valyuta birliklarida amalga oshiriladi. Eng ko'p savdo qilinadiganlardan yevro valyutasi kiruvchi: EUR/CHF, EUR/GBP, EUR/AUD juftliklarini alohida ajratib ko'rsatish mumkin. Sanab o'tilgan juftliklar boshqa juftliklardan o'zining yuqorida darajada likvidligi bilan farq qiladi. EUR/CHF juftligining likvidligi USD/CHF juftligining likvidligidan yuqori bo'ladi (shveysariya franki bilan savdo qilishni istovchi institutsional o'yinchilar tufayli).
Kross-valyutalar juftligining savdo qilinadigan boshqa bir guruhiga iena kiradi, bu juftliklar: CAD/JPY – kanada dollari va iena, NZD/JPY – novozelandiya dollari va iena, GBP/JPY – britaniya funti va iena. O'z ichiga ienani olgan bu kross-valyuta gurug'i u buyicha kerri-treyd (Carry Trade) bitimlarini amalga oshirish mumkinligi tufayli investorlar va treyderlarda katta qiziqishga ega.
Kerri-treyd, masalan iena kabi foiz stavkasi nisbatan past darajada bo'lgan ma'lum valyutani sotishdan, keyin esa foiz stavkasi yuqori bo'lgan valyutani sotib olishdan iborat bo'lib, bu ikki stavka orasida farq hosil qilish imkonini beradi. Rivijlangan mamlakatlarda, xususan Kanada, Yangi Zellandiya va Buyuk Britaniyada foiz stavkalari juda yuqori, shuning uchun bu mamlakatlarning valyutalari kerri-treyd bitimlarida yapon ienasiga savdo olib borilganda ommabop bo'ladi.
Asosiy valyuta juftliklari bilan savdo qilishda shunday holat yuzaga kelishi ham mumkinki, bunda AQSh dollari va juftlikdagi ikkinchi valyuta o'z kuchiga ko'ra amalda teng bo'lib kolishi mumkin. Bunday paytlarda qanday yo'l tutish kerakligini tushunib etish qiyin bo'ladi, chunki amerika dollari qaysi tomonga qarab siljishi noma'lum bo'ladi.
Masalan, agar AQShda ham va Yevro hududida ham katta iqtisodiy o'sish borayotgan bo'lsa, u holda bu qanday pozitsiya bo'lishi kerak - uzun yoki qisqa bo'lishi to'g'risidagi masala oddiy bo'lmasligi mumkin.
Yevro-iena (EUR/JPY) kross-valyuta juftligi bo'yicha savdo qilish uchun eng qulay payt, malasan iena Shimoliy Koreya tomonidan geosiyosiy tahdid sababli bosim ostiga tushib qolgandagi vaziyat bo'lishi mumkin.
Eng mashhur kross-valyuta juftliklarini ko'rib chiqamiz.
EUR/CHF: Savdo qilishda Shveysariyaning asosiy hamkori Yevro hududi hisoblanadi. Shveysariya franki juda past foiz stavkasiga ega, va shu sababga ko'ra mazkur juflik kerri-treyd bitimlarini amalga oshirish uchun ko'pincha tanlab olinadi. Juftlik ko'p jihatdan 2006 yilning boshidan beri ko'p darajada trendning yaxshi harakatini ko'rsatmoqda. 2011 yildan beri EUR/CHF kursi EUR ning kursiga 1,2000 darajada bog'langan (Shveysariya Milliy banki tomonidan nazorat olib borilishi tufayli kurs bu darajadan pastga tushmaydi).
EUR/JPY: Juda mashhur kross-valyuta juftligi, chunki u USD/JPY va EUR/USD juftliklar bilan o'zaro bog'langan. Treyderlar ko'pincha Yaponiyadan va yevro hududida foiz stavkalari va o'sishdagi farqlarni asos qilib olib, uning harakatida chayqovchilik qilishadi.
NZD/JPY: Kerri-treyd bitimlarini amalga oshirishda kross-valyutalar juftliklari orasida katta talabga ega, chunki rivojlangan mamlakatlardan unda foizli stavkalari farqi eng yuqori. NZD/JPY uchun uzun pozitsiyalarni ochish uchun yaxshi to'g'ri keladi, ayniqsa, uning o'sishi uchun umumiy fundamental va texnik ko'rsatkichlar qulay bo'lsa.
EUR/GBP: Buyuk Britaniyaning bosh hamkorlari orasida ahamiyati bo'yicha ikkinchi o'rinda Yevro hududi turadi. Shuning uchun, agar savdo Angliya va britaniya funtining fundamental omillarini hisobga olgan holda olib borilsa, u holda eng to'g'ri qaror aynan EUR/GBP bilan savdo qilish bo'ladi.
CAD/JPY: Neftning narxini oldindan bilish ko'nikmasini Foreksda mashhur kross-valyuta juftligi yordamida qo'llash mumkin. Kanada neft zaxiralari bo'yicha dunyoda ikkinchi o'rinni egallaydi, sof eksportchi hisoblanadi va o'sib borayotgan neft narxidan foyda oladi. Yaponiya neftni bosh import qiluvchisidir, u aksincha, zarar ko'radi. Shuning uchun, agar neft narxi oshishi kutilayotgan bo'lsa, u holda bu shu kross-valyuta juftligi bo'yicha uzun pozitsiyani ochish uchun qulay paytdir.
kross-valyuta juftliklari bilan savdoni amalga oshirib, kerri-treyd bitimlarini ochish va ikkala mamlakatning iqtisodiy sharoitlarining afzalliklaridan foydalanish mumkin. Har bir kross-valyuta juftligi o'zining xususiyatlariga, foiz stavkalarining farqiga, uning trendiga bundan keyin harakat beruvchi u yoki bu siyosiy va iqtisodiy hodisalardan bog'liqlikka ega.