Buqa turidagi "Katta sakrash" modeli - bu qora maribozu (tomonlarining birida soyasiz bo`lgan uzun qora tana) undan keyin oq maribozu keladi (tomonlarining birida soyasiz bo`lgan uzun oq tana).
Ayiq turidagi "Katta sakrash" modeli - bu oq maribozu, undan so`ng qora maribozu keladi.
Yapon tahlilchilarining fikriga ko`ra narx trendiga bog`liq bo`lmagan holda narxlar har doim uzunroq sham tomoniga harakatlanadilar. Shuni ta`kidalash kerakki, mazkur modelda boshqa yapon shamlari figuralaridan farqli trendning yo`nalishi katta qiymatga ega emas.
Modelning paydo bo`lishi belgilari
1. Bir rangdagi maribozudan so`ng boshqa rangdagi maribozu keladi.
2. Ikki kun orasida uzilish kuzatiladi.
Modelning rivojlanish ssenariysi va psixologiyasi
Bozorda trend kuzatildi, keyingi kun narxning uzilishi paydo bo`ldi. Kun davomida narxlar avvalgi kun diapzonigacha tushmadi, lekin keyin yana bitta uzilish bilan yopildi.
Figuraning moslashuvchanligi va shakl almashinishi
"Katta sakrash" modeli qandaydir bir moslashuvchanlikni nazarda tutmaydi. Kunlar orasida uzilish mavjud bo`lgan holatda shamlarning bo`linishi modeli yoki davom etish modeli shakllanadi.
Buqa modeli uzun oq shamga shakl almashadi, lekin buqa shami deb qaraladi.
Ayiq modeli uzun qora shamga o`zgaradi, lekin ayiq shami deb qaraladi..
O`xshash model sifatida shamlarni bo`linish modelini qarash mumkin. U uzilishlarning mavjud emasligi bilan farqlanadi, shuningdek u davom etish modeli hisoblanadi.
Katta sakrash - buqa varianti
Katta sakrash - ayiq varianti