empty
 
 
uz
Qo'llab-quvvatlash
Hisob-varag'ini tez ochish
Savdo platformasi
To'ldirish / Yechish

Tonggi yulduz

Tonggi yulduz — bu uzun qora tanadan, uning ketidan keladigan kichik tanadan iborat buriluvchi buqa modelidir. Bu shamlar orasida uzilish kuzatiladi. Oq rangdagi uchinchi tana birinchi kunning qora tanasi ichida harakatlanadi. "Tonggi yulduz"ning ideal figurasi o'rtacha kun tanasigacha va undan keyin uzilishlarga ega bo'ladi.

Kechki yulduz

Kechki yulduz - bu Tonggi yulduzning ayiq egizagi, shuning uchun u ko'tariluvchi trend paytida yoki uning ketidan paydo bo'ladi. Birinchi kun - bu uzun oq tana bo'lib, uning ketidan yulduz keladi. Shuni ham bilib qo'yish kerakki, yulduzning tanasi avvalgi kun tanasidan ajraladi. Qat'iyatsizlikning birinchi belgisi - bu yulduzning kichik tanasining paydo bo'lishidir. Keyingi kun pastga qarab uzilish bo'lishidir. Keyingi kun pastga qarab uzilish yuz beradi, model yanada past yopilishi narxi bilan yakunlanadi. Tonggi yulduz kabi Tunggi yulduz ham birinchi va ikkinchi tana o'rtasida uzilishga, shuningdek ikkinchi va uchinchi jism o'rtasida uzilishga ega bo'lishi kerak.

Modelning rivojlanish ssenariysi

Bozorda pastga tushuvchi trend ustunlik qilganda uzun qora sham paydo bo'ladi, bu shu trendning davom etishini tasdiqlaydi. Sessiya ochilganda keyingi kun pastga tomon narx uzilishi yuz beradi, savdo tor diapazonda amalga oshiriladi, savdo sessiyasi ega ochilish narxiga yaqin yakunlanadi. Keyingi kun savdolarning ochilishida biz narxning yuqoriga tomon uzilishini kuzatamiz, savdo sessiyasi ancha yuqori narxda yakunlanadi. Trendning muhim burilishi paydo bo'ladi.
Tungi yulduz ssenariysining rivoji Tonngi yulduz ssenariysiga to'la zid keladi.

Modelning moslashuvchanligi

Birinchi sham jismi bilan yulduz o'rtasidagi bitta uzilishni va yulduz tanasi bilan hamda uchinchi sham jismi o'rtasidagi ikkinchi uzilishni ajratish qabul qilingan. Yulduz bilan sham tanasi o'rtasida uzilish masalasida moslashish kuzatiladi.
Agar uchinchi shamning yopilish narxi birinchi shamning tanasi ichiga chuqur kirib ketganda yanada kuchliroq harakat vujudga kelishi mumkin.Agar savdo uchinchi kuni katta hajmlarda o'tganda bu ayniqsa dolzarb bo'ladi. Shunday holatlar ham kuzatilganki, uchinchi kun yopilish narxlari birinchi kun tanasining o'rtasida uzunroq ketadi.

Modelning shakl almashinishi

"Tonggi yulduz" figurasi "Qog'oz shamsoya" yoki "To'qmoq" figuralariga keltiriladi - bu mazkur modelning ayiq xarakterini to'la qo'llab-quvvatlaydi.
"Kechki yulduz" figurasi "Tushuvchi yulduz" figurasiga keltiriladi, bu ayiq shami hisoblanadi va mazkur modelning xarakterini to'la qo'llab-quvvatlaydi.

Tonngi va Kechki yulduzlarning qondosh modellari qatoriga "Tonngi va Kechki dodji-yulduzlar", "Tashlab ketilgan chaqaloq" va "Uch yulduz" firugalari kiradi.

Tonggi yulduz
Tonggi yulduz
Kechki yulduz
Kechki yulduz

Yuklab olish


Ro'yxatga qaytish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.