empty
 
 
uz
Qo'llab-quvvatlash
Hisob-varag'ini tez ochish
Savdo platformasi
To'ldirish / Yechish

Hisoblash formulasi

Myurrey darajalari narxlar harakatining kesmasi asosi hisoblanib, u Gann nisbatlariga muvofiq 9 qismga bo'linadi. Shunday qilib, indikator quyidagicha nisbatlarga ega bo'lgan 9 ta darajani tashkil etadi: 0%, 12.5%, 25%. 37.5%, 50%. 62.5%, 75%. 87.5%, 100%.

Savdoda qo'llanilishi

Myurrey darajalari kompyuter indikatori kompleks indikator bo'lib, uni mustaqil ravishda ham, texnik tahlilning boshqa metodlari bilan birgalikda ham qo'llanishi mumkin. U Rossiyada juda keng ommalashib ketdi.

Indikatorda bir necha daraja bor: birinchi daraja 0/8, oxirgisi — 8/8. Darajalarning har bir xususiy ishlash sharoitlariga ega: ma'lum darajalar qo'llab-quvvatlash va qarshilik ko'rsatish sifatida yaxshi ishlaydi, boshqalari esa narx uchun magnit sifatida ishlaydi.

1/8 daraja. Kuchsiz daraja. Agar narx pastga qarab xaddan tashqari tez harakatlansa va u shu daraja yonida to'xtasa, demak orqaga burilish va yuqori tomon korreksiyaning ehtimoli yuqoridir. Agar narx bu daraja yonida to'xtamasa, u harakatini 0/8 belgigacha davom ettiradi.

2/8 va 6/8 darajalar. Bu ikki daraja narx harakatini to'la orqaga burib yuqorish qobiliyati bo'yicha faqat 4/8 (qo'llab-quvvatlash va qarshilik ko'rsatish) muhim darajadan orqaga qoladi.

3/8 daraja. Agar narx yuqoriga qarab 3/8 darajani teshib o'tsa va undan yuqorida 2 savdo haftasi davomida turib qolsa, demak, narx bu darajadan yuqorida qoladi va 3/8 va 5/8 darajalar o'rtasidagi oraliqda harakatlanib, ma'lum bir vaqt qismini sarflaydi.

4/8 daraja. Bu daraja muhim hisoblanadi va eng yaxshi qo'llab-quvvatlash/qarshilik ko'rsatishni ta'minlaydi.

5/8 daraja. Agar narx bu daraja atrofida harakatlansa va uning yonida 2 ta savdo haftasi davomida qolsa, savdo qilishnitng optimal varianti 3/8 va 5/8 darajalari orasidagi sohada sotish hisoblanadi. Agar narx 5/8 darajadan pastga tushsa, u ko'proq qarshilikning keyingi darajasigacha pastga tushishda davom etadi.

7/8 daraja. Bu qo'llab-quvvatlash/qarshilik ko'rsatishning kuchsiz darajasi. Agar narx pastga qarab xaddan ortiq tez harakatlansa va u shu daraja atrofida to'xtasa, demak burilib qaytishning va pastga tomon korreksiyaning ehtimoli yuqori bo'ladi. Agar narx bu daraja yaqinida to'xtamagan bo'lsa, u harakatini yuqoriga 8/8 darajaga tomon davom ettiradi.

8/8 va 0/8 darajalar. Bu darajalar eng kuchli va quvvatli qarshilik ko'rsatish va qullab-quvvatlashni ko'rsatishadi.

Myurrey darajalari

InstaSpot Murrey Math indikatorining parametrlari

P = 64

MMPeriod = 1440

StepBack = 0

Yuklab olish


Ro'yxatga qaytish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.