Joriy "haqiqiy minimumni" aniqlash (True Low, TL). TL — joriy minimumning yoki avvalgi yopilish narxining eng kichigi.
TL (i) = MIN (LOW (i) || CLOSE (i – 1))
Joriy yopilish narxi va joriy haqiqiy minimum orasidagi farqqa teng bo'lgan joriy "Xarid bosimi" (Buying Pressure, BP) ni hisoblash.
BP (i) = CLOSE (i) - TL (i)
"Haqiqiy Diapazon" (True Range, TR)ni aniqlash. Bu ayirmalarning eng kattasidir: joriy minimum va maksimum; joriy maksimum va avvalgi yopilishidagi narx; avvalgi yopilishidagi narx va joriy minimum ayirmasi.
TR (i) = MAX (HIGH (i) - LOW (i) || HIGH (i) - CLOSE (i - 1) || CLOSE (i - 1) - LOW (i))
BP qiymatlarining yig'indisini hisob-kitobning hamma uchta davri uchun hisoblash:
BPSUM (N) = SUM (BP (i), i)
TRning qiymatlari yig'indisini hisob-kitobini hamma uchta davri uchun hisoblash:
TRSUM (N) = SUM (TR (i), i)
Yakuniy Ossillyatorning "xom qiymatini" hisoblash (The Raw Ultimate Oscillator, RawUO):
RawUO = 4 * (BPSUM (1) / TRSUM (1)) + 2 * (BPSUM (2) / TRSUM (2)) + (BPSUM (3) / TRSUM (3))
Ossillyator (Ultimate Oscillator, UO)ning yakuniy qiymatini formula bo'yicha hisoblash:
UO = ( RawUO / (4 + 2 + 1)) * 100, bu erda
MIN — minimal qiymat;
MAX — maksimal qiymat;
|| — mantiqiy YoKI;
LOW (i) — joriy barning minimal qiymati;
HIGH (i) — joriy barning maksimal qiymati;
CLOSE (i) — joriy barning yopilish narxi;
CLOSE (i — 1) — avvalgi barning yopilish narxi;
TL (i) — Haqiqiy minimum;
BP (i) — Xarid bosimi;
TR (i) — Haqiqiy diapazon;
BPSUM (N) — N davr uchun BP qiymatlarning matematik yig'indisi (1 ga teng bo'lgan N ning qiymati i = 7 barga; N = 2 da, i = 14 barga; N = 3, i = 28 barga teng);
TRSUM (N) — N davr uchun TR qiymatlarining matematik yig'indisi (1 ga teng bo'lgan N ning qiymati i = 7 barga; N = 2 da, i = 14 barga; N = 3 da, i = 28 barga teng);
RawUO — Yakuniy ossillyatorning "xom qiymati";
UO — Yakuniy Ossillyatorning qiymati.