Uchta qora qarg'a (sanba garasu)
"Uchta qora qarg'a" modeli — ayiq burishi modelini ifodalovchi yapon shamlari kombinatsiyasidir. U uzun qora kunlardan zinapoyani tashkil etib ko'tariluvchi trendni shakllantirish paytida paydo bo'ladi. Har kuni avvalig kun yopilishi narxidan biroz yuqorida ochiladi, ammo keyin narxning ko'tarilib boruvchi harakati o'rniga pastga tushuvchi harakat keladi va narx tusha boshlaydi. Aynan ana shu paytni trendning burilishi uchun savdo signali deb hisoblash mumkin. Bu yerda e'tiborli bo'lish kerak, chunki narxning kuchli darajada pasayishi buqalarni aktivlarni past narxlarda xarid qilishiga turtki bo'lishi mumkin.