Hisoblash formulasi
Har bir yangi oq polosa agar joriy Close t High t - 1 dan oshgan bo'lsa chiziladi. Oq polosa High t - 1 darajadan High t darajagacha chiziladi.
- Har bir yangi qora polosa agar joriy Close avvalgi kunning Low idan pastga tushib ketgan bo'lsa chiziladi. Qora polosa Low t - 1 dan Low t darajagacha chiziladi.
- Agar joriy Close t mos ravishda yangi cho'qqilar/chuqurliklarga etmagan bo'lsa, u holda grafikda hech qanday o'zgarishlar qilinmaydi.
Savdoda qo'llanilishi
TLB indikatori vertikal to'g'ri-to'rtburchaklar qatori bo'lgan ossillyatordan iborat, bu to'g'ri to'rtburchaklarning balandligi narx o'zgarishlari kattaligi bilan o'lchanadi. Bu grafikda vaqt omili hisobga olinmaydi.
Uch chiziqli yorib o'tish indikatori asosida treydingning asosiy qoidalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
- Uchta qo'shni qizil chiziqdan so'ng yashil chiziq ("yashil burilish chizig'i") paydo bo'lsa, sotib oling.
- Uchta qo'shni yashil chiziqdan so'ng qizil chiziq ("qizil burilish chizig'i") paydo bo'lsa, soting.
- Yashil va qizil chiziqlar navbatma-navbat kelsa, bitimlar tuzishdan saqlanib turing.
Uch chiziqli yorib o'tish grafiklarining afzalligi - narxlar dinamikasining o'zi burilishini ko'rsatadi. Bu grafiklarning kamchiligi sifatida yangi yo'nalish shakllangandan so'ng burilish signallarining paydo bo'lishini keltirish mumkin.
Indikatorning kirish parametrlari o'zgarganda burilish signallarining shakllanishidagi tutilib qolishini o'zgartirish mumkin. Qisqa muddatli savdo uchun 2- chiziqli uzilishga, uzoq muddatli savdo uchun 4 chiziqli yoki hatto 10 chiziqli yorib o'tishga tayanish mumkin.
Mazkur turdagi grafiklarning muallifi Stiv Nison uch chiziqli yorib o'tish grafiklarini "yapon shamlari" bilan birgalikda foydalanishni tavsiya etadi. Bunda metatreyder uchun IFX_TLB indikatori yordamida an'ananing yo'nalishini aniqlash, shamli patternlar yordamida esa bozorga kirish va undan chiqishning aniq momentlarini aniqlash kerak.
IFX_TLB indikatori parametrlari
LB = 3