Bizning jamoada 7 000 000 ortiq treyderlar! Har kuni biz treyding yaxshiroq bo'lishi uchun birgalikda ishlaymiz. Yuqori natijalarga erishamiz va oldinga harakatlanamiz.
Butun dunyo bo'yicha millionlab treyderlarning tan olishi - bu bizning ishimizning eng yuqori bahosi! Siz o'z tanlovingizni qildingiz, biz esa Sizning kutishlaringizni oqlash uchun barchasini bajaramiz!
Birgalikda biz zo'r jamoamiz!
InstaForeks. Siz uchun ishlashimizda faxrlanamiz!
Aktyor, qoidalarsiz kurash bo'yicha dunyo chempioni va oddiy haqiqiy rus qahramoni! O'zini o'zi yaratgan kishi. Bu kishi bilan bizning yo'limiz bir. Taktarovning muvaffaqiyat siri - maqsad tomon doimiy harakat.
Sen ham o'z qobiliyatining barcha qirralarini och! Bilib ol, sinab ko'r, xato qil, lekin to'xtama!
InstaForeks - sening g'alabalaring bu yerda boshlanadi!
Foreks bozori (ingl. Forex market, yoki FX-market) — valyutalarni banklararo almashtirish bozoridir. Foreks atamasidan barcha valyuta operatsiyalarini yig'indisini belgilash uchun emas, balki valyutalarni o'zaro almashtirishni belgilash uchun foydalanish qabul qilingan. Foreks bozoridagi operatsiyalar savdo, spekulyativ, xedjirlash, tartibga solish operatsiyalari bo'lishi mumkin.
Internetning juda tez sur'atlarda rivojlanishi munosabati bilan Foreks bozori istagan yoshdagi har bir kishiga haqiqiy vaqtdagi valyuta bozori kurslarida savdoni boshlash imkoniyatini beradi. Internetga kirish imkoniga va Foreks bozorida savdo operatsiyalarini bajarish uchun savdo platformasiga ega bo'lish yetarli.
1971 yilning avgust oyida AQSh prezidenti Richard Nikson dollarning oltinga erkin konvertatsiya qilinishidan voz kechdi. Shundan so'ng 1971 yilning dekabrida Vashingtonda Smitsonov kelishuvi yaratilgan bo'lib, unda valyutalar kursining AQSh dollariga nisbatan kursining o'zgarishi 1% o'rniga 4,5% ga teng o'zgarishlarga rusxat etilgan edi (AQSh dollari kirmaydigan valyuta juftliklari uchun esa 9% gacha o'zgarishi). Bu barqaror valyuta kurslari tizimini barbod qildi. Yuz bergan o'zgarishlar maqsadi oltin narxiga yanada liberal siyosatga keltirilar edi. Agar avval oltin standarti amal qilgani tufayli valyutalar kursi barqaror bo'lgan bo'lsa, u holda ana shunday amallardan so'ng oltinning o'zgaruvchi kursi valyutalar o'rtasidagi almashuv kurslarining o'zgarishlari muqarrar bo'lishiga olib keldi. Bu faoliyatning nisbatan yangi sohasini - valyuta savdosini yuzaga keltirdi, almashuv kursi valyutaning faqat oltin ekvivalentiga emas, balki unga bozorning talablari/taklifiga ham bog'liq bo'la boshladi. 1976 yilning yanvarida Kingston shahrida MVFga a'zo-mamlakatlar ministrlarining majlisida xalqaro valyuta tizimining tuzilishi to'g'risida yangi kelishuv qabul qilingan bo'lib, u MVF ustaviga tuzatishlar ko'rinishini oldi. Ko'lab mamlakatlar milliy valyutlarni dollar yoki oltinga bog'lab qo'yishdan voz kechdilar. Biroq faqat 1978 yilda MVF bunday raddiyatga ruxsat berdi. Shu paytdan boshlab, erkin o'zgaruvchi kurslar valyutalar almashuvining asosiy usuli bo'lib qoldi.
Yangi valyuta tizimida pullarning xarid qilish qobiliyatini aniqlashning tamoyilidan ularning oltin ekvivalenti qiymati asosida rad etish mutlaqo yuz berdi. Mazkur kelishuv a'zo-mamlakatlarning pullari rasmiy oltin qiymatiga ega bo'lmay qo'ydi. Almashuv erkin valyuta bozorida erkin narxlar bo'yicha amalga oshirila boshladi.
Aniq ma'lumotlar yo'q, chunki bu birjadan tashqari bozor, shuningdek majburiy ro'yxatga olish va bitimlar to'g'risidagi ma'lumotlarni e'lon qilish ham yo'q. 2005—2006 yilda Foreks bozorida kunlik aylanma turli xil baholashlarga ko'ra 2 dan 4 trln. AQSh dollarigacha o'zgardi. Bu hajmning bir qismini marjinal savdo ta'minlaydi, bunday sharoitda bitim ishtirokchilarining haqiqiy pul mablag'laridan ancha ortiq bo'lgan summaga bitimlar tuzishga ruxsta etiladi. Bitimlarning xususiyati va maqsadlariga bog'liq bo'lmagan holda katta kunlik aylanma Foreks bozorida yuqori likvidlikning kafolati bo'lib hisoblanadi.
Foreks bozori foyda olish vositasi tarzida:
Internetda Foreks bozorida ishlab pul topish to'g'risida juda ko'p reklama topish mumkin, lekin mazkur ish-yollanma ish emas va kelishilgan ish haqiga ega emas. Faqat Siz va Foreks bozori bor va Sizning foydangiz va zarar ko'rishingiz aynan sizning harakatlaringizga bog'liq. Bu o'zining start kapitali va muqarrar xatarlari bo'lgan biznesdir.
Foreks bozorida marjinal savdo foydaning bir turi sifatida, bir qancha o'ziga xos xususiyatlarga ega: boshliqlar va qo'lostida bo'ysunadiganlar yo'q; qo'p miqdorda start kapitali talab etilmaydi; yangi usullar yoki malakalarni doimiy ravishda o'zlashtirishni talab etmaydi; yo'qotishlar havfi yuqori bo'lishi bilan juda katta imkoniyatlarga ega foyda mavjud. Bu xususiyatlar marjinal savdoni uncha ko'p bo'lmagan start kapitali bilan birja savdosini boshlash uchun jozibali qiladi.
Bozor bilan o'quv demo-hisob-varaqlari orqali tanishish yetarli. Buning uchun Sizni qiziqtirayotgan brokerni tanlab olishingiz va demo-hisob-varag'ingiz kerak. Har qanday biznesda foyda va zarar ko'rish imkoniyati bo'ladi. Sizning foydangiz zararingizdan ko'p bo'lishi uchun Siz Foreks bozorini va uning barcha nozik tomonlarini yaxshilab o'rganib olish kerak. Siz yaxshi mo'ljal oladigan bo'lsangiz va Foreks bozorining qiodalariga amal qilsangiz, shundagina Siz omadli treyder bo'lasiz.