Bizning jamoada 7 000 000 ortiq treyderlar! Har kuni biz treyding yaxshiroq bo'lishi uchun birgalikda ishlaymiz. Yuqori natijalarga erishamiz va oldinga harakatlanamiz.
Butun dunyo bo'yicha millionlab treyderlarning tan olishi - bu bizning ishimizning eng yuqori bahosi! Siz o'z tanlovingizni qildingiz, biz esa Sizning kutishlaringizni oqlash uchun barchasini bajaramiz!
Birgalikda biz zo'r jamoamiz!
InstaForeks. Siz uchun ishlashimizda faxrlanamiz!
Aktyor, qoidalarsiz kurash bo'yicha dunyo chempioni va oddiy haqiqiy rus qahramoni! O'zini o'zi yaratgan kishi. Bu kishi bilan bizning yo'limiz bir. Taktarovning muvaffaqiyat siri - maqsad tomon doimiy harakat.
Sen ham o'z qobiliyatining barcha qirralarini och! Bilib ol, sinab ko'r, xato qil, lekin to'xtama!
InstaForeks - sening g'alabalaring bu yerda boshlanadi!
Pipsovka va skalping nimadan iborat? Savdo qilishning bu turi treyderlar bozordagi kun mobaynida bo'ladigan narx tebranishlaridan foyda undirish uchun qo'llaniladi. Bunday bitimlar, odatda, ko'pi bilan ikki daqiqa ochiq qoldiriladi. Yakka tartibda bunday bitim katta daromad keltirmaydi albatta, biroq bu yerda bosh tamoyil bunday bitimlarning katta miqdorda bo'lishidadir.
Bunday treyderlar (pipsovchi va skalperlar) amalga oshiradagan bitimlar soni bir kunda 200 taga yetadi. Barcha bitimlarni mutlaqo daromad keltiradigan deb hisoblash kerak emas. Asosiysi kun oxiriga kelib bitimlardan yakuniy natija ijobiy bo'lishidir. Bunday natijaga erishish uchun agar narx qarama-qashi yo'nalishda harakat qilsa undan keladigan zararni kamaytirish uchun stop-loss darajasini bitimning ochilish narxiga iloji boricha yaqin qilib qo'yish kerak.
Hammaga ma'lumki, Foreks - bu likvidligi eng yuqori bo'lgan bozordir. Kun davomida bu yerda narx siklga amal qilgan holda ma'lum davrlarda pastga tushadi va ktarilib turadi. Agar, umuman narx kun bo'yi taxminan 60 punkt o'tsa, bu holda kunlik maksimum va minimum orasidagi farq ancha yuqori bo'ladi. Foydani oshirish imkoniyati masalan, soatlarning o'zgarishida (maksimum va minimumlarida) savdo qilishda yana ko'proq ortadi. Bu treyderlar orasida savdo qilishning pipsovka va skalping kabi turlarining ommabop bo'lishining sababi bo'lib hisoblanadi. Foreks bozoriga yaqindagina kelganlar bunday usul bilan juda katta miqdorda pul ishlab olish mumkin, reinvestitsiya imkoniyatlarini bilgan holda esa boshida noreal summalar paydo bo'lishi ham mumkin. Lekin hammasi ham hayoldagidek yaxshi bo'lavermaydi, holbuki Internetda pipsovka va skalping tufayli bir orda treyderlar o'z depozitlarini bir necha marta orttirganlari to'g'risida hikoyalar juda ko'p. Bunday savdo strategiyasidan foydalanish muvaffaqiyat keltirmaydi. Buning sababi nimada ekanligini bilib olamiz.
Birinchisi: stop-lossning haddan ortiq yaqin darajasini o'rnatib, hatto narxning keingi harakatini oldindan bilish mumkin bo'lsa ham narx juda oz miqdorda o'zgarganda ham, lekin buqalar va ayiqlarning bozordagi teskari kuchiga noto'g'ri baho berib ham zarar ko'rish ehtimoli oshib boradi. Qisqa vaqt oralig'ida (bir ikki soatda) yo'nalishni aniqlashda xatoga yo'l qo'yish bir kunlik harakat yo'nalishni aniqlashga qaraganda ancha oson.
Zararni mustahkamlab qo'yuvchi orderning ochilmasligi uchun osoni uni o'rnatmaslik hisoblanadi, biroq treyder xohlamaydigan harakatda zarar yana ko'proq ortishi mumkin va shunda yaqin soat yoki undan kam vaqt ichida qaytish bo'lmasligi ko'rinadi. Savdo hisob-varag'idagi mablag'larning katta qismini garovga qoldirib va orderning stop-lossidan foydalanmaslik hisob-varag'ini margin callgacha yetkazishi mumkin, bu esa hisob-varag'idagi barcha mablag'ni yo'qotishdir.
Ikkinchisi: bu haqiqiy pullar bilan ish ko'radigan ko'pchilik treyderlarda paydo bo'ladigan xavotirlik va ta'sirchanlikdir. Ko'pincha savdo qilishning bunday turi birinchi navbatda o'quv hisob-varag'ida testdan o'tkaziladi, chunki undagi pullar haqiqiy emas va ularni boy berish qo'rqishi bo'lmaydi. Bundan kelib chiqadiki, haqiqiy hisob-varag'ida savdo qilishda treyder uchun salbiy bo'lgan harakatda har bir pips bilan havotirlik va ta'sirchanlik ortib boradi. Pipsovka va skalping treyderning savdo terminali oldida uzluksiz hozir bo'lishini talab yetadi, bu esa har daqiqalik asab buzilishi bo'lib, u ongsiz harakatlarga olib keladi.