Bizning jamoada 7 000 000 ortiq treyderlar! Har kuni biz treyding yaxshiroq bo'lishi uchun birgalikda ishlaymiz. Yuqori natijalarga erishamiz va oldinga harakatlanamiz.
Butun dunyo bo'yicha millionlab treyderlarning tan olishi - bu bizning ishimizning eng yuqori bahosi! Siz o'z tanlovingizni qildingiz, biz esa Sizning kutishlaringizni oqlash uchun barchasini bajaramiz!
Birgalikda biz zo'r jamoamiz!
InstaForeks. Siz uchun ishlashimizda faxrlanamiz!
Aktyor, qoidalarsiz kurash bo'yicha dunyo chempioni va oddiy haqiqiy rus qahramoni! O'zini o'zi yaratgan kishi. Bu kishi bilan bizning yo'limiz bir. Taktarovning muvaffaqiyat siri - maqsad tomon doimiy harakat.
Sen ham o'z qobiliyatining barcha qirralarini och! Bilib ol, sinab ko'r, xato qil, lekin to'xtama!
InstaForeks - sening g'alabalaring bu yerda boshlanadi!
Harakatning o'rtacha yo'nalishi indeksi (Average Directional Movement Index, ADX) texnik indikatori ilgarilashga ishlaydi va narx dinamikasi boshlangunga qadar trendning kuchini ko'rsatadi, ya'ni trend davom etishini yoki asta sekin susayib borishini tushunib etishga imkon beradi. Bu indikatorni Uells Uaylder ishlab chiqqan bo'lib, u ADXning tavsifini "Texnik savdo tizimlarining yangi konsepsiyalari" kitobida mufassal bayon qilib bergan.
ADX indikatori yo'naltirilishi 14 davrli Positive Directional Indicator (+DI) va 14 davrli Negative Directional Indicator (-DI) ikki boshqa indikatorlardan keltirib chiqarilgan. Grafikda ADX indikatorining asosiy chizig'ini +DI va -DI egri chiziqlar bilan birga kuzatish mumkin. Shunday qilib, u trendning yo'nalishi va kuchini aks ettiruvchi uchta chiziq bilan quriladi:
ADX indikatori barcha MetaTrader savdo terminallariga o'rnatilgan.
Agar +DI chizig'i -DI chizig'idan yuqoriga ko'tarilsa, unda bu sotib olishga signal, agar +DI chizig'i -DI chizig'idan pastga tushsa – sotish uchun signal bo'ladi.
ADX indikatorining ikkita qo'shimcha chiziqlari ham buqa va ayiq trendlarini ifodalaydi. Agar +DI chizig'i boshqa ikkitasidan yuqorida joylashsa, u holda trend - buqaniki, agar –DI chiziq yuqoriga o'tgan bo'lsa, u holda trend ayiqniki. Bu chiziqlarning kesishishi trendning almashishidan dalolat beradi.
Yolg'on signallarni bataraf etish va tuzilayotgan bitimlar sonini kamaytirish uchun Uaylder shuningdek "ekstremal nuqtalar qoidasi"dan foydalanishni taklif etadi, bu qoidaga muvofiq +DI va -DI chiziqlari kesishgan paytda ekstremal nuqtani bilgilab olish zarur. Agar +DI chizig'i -DI dan yuqori ko'tarilgan holatda bunday ekstremal nuqta kesishish kunidagi maksimal narx hisoblanadi. Agar +DI chiziq -DI dan pastroqqa tushsa, bu nuqta kesishish kunidagi minimal narx hisoblanadi.
Keyinroq ekstremal nuqta bozorga kirish darajasi sifatida foydalanadigan bo'ldi. Masalan, +DI chizig'i -DI dan yuqoriga ko'tarilgan so'ng narx ekstremal nuqtadan yuqoriroq ko'tarilishini kutish zarur, va faqat shundan keyingina xarid qilish kerak. Agar narx ekstremal nuqta darajasini enga olmasa, u holda qisqa pozitsiyani saqlab qolish lozim.
ADX indikator – bozorda yo'naltirilgan harakatning eng yaxshi ko'rsatkichidir. Aynan shuning uchun ham undan joriy trendning kuchini baholash sifatida foydalanish tavsiya etiladi.
ADX = SUM[(+DI-(-DI))/(+DI+(-DI)), N]/N
Bu yerda:
N - hisoblash uchun foydalanadigan davrlar miqdori.