Bizning jamoada 7 000 000 ortiq treyderlar! Har kuni biz treyding yaxshiroq bo'lishi uchun birgalikda ishlaymiz. Yuqori natijalarga erishamiz va oldinga harakatlanamiz.
Butun dunyo bo'yicha millionlab treyderlarning tan olishi - bu bizning ishimizning eng yuqori bahosi! Siz o'z tanlovingizni qildingiz, biz esa Sizning kutishlaringizni oqlash uchun barchasini bajaramiz!
Birgalikda biz zo'r jamoamiz!
InstaForeks. Siz uchun ishlashimizda faxrlanamiz!
Aktyor, qoidalarsiz kurash bo'yicha dunyo chempioni va oddiy haqiqiy rus qahramoni! O'zini o'zi yaratgan kishi. Bu kishi bilan bizning yo'limiz bir. Taktarovning muvaffaqiyat siri - maqsad tomon doimiy harakat.
Sen ham o'z qobiliyatining barcha qirralarini och! Bilib ol, sinab ko'r, xato qil, lekin to'xtama!
InstaForeks - sening g'alabalaring bu yerda boshlanadi!
Elder Nurlari Texnik Indikatori (Elder-Rays) - bu indikatorlar va ossillyatorlar trendini kuzatuvchi xossalarning birlashmasidir. Ular kuzatib boruvchi indikator sifatida eksponensial sirpanuvchi o'rtacha (EMA, eng yaxshi davri 13)dan foydalanadi. Ossillyatorlar buqa va ayiqlarning quvvatini aks ettiradi. Elder Nurlarini yasash uchun uchta diagrammadan foydalaniladi: birida narxlar va EMA, qolgan ikkitasida - Buqalar Kuchi Ossillyatori (Bulls Power) va Ayiqlar Kuchi Ossillyatori (Bears Power).
Elder-Rays ham alohida, ham boshqa metodlar bilan birgalikda foydalaniladi. Agar ulardan alohida foydalanilsa, u holda EMA og'ishi trendning yo'nalishini belgishashini hisobga olish lozim. Buqalar va ayiqlar kuchining ossillyatorlari pozitsiyalarni ochish/yopish paytini aniqlash uchun qo'llaniladi.
Xarid qilish tavsiya qilinadi, agar:
o'suvchi trend mavjud bo'lsa (EMA yo'nalishi bilan aniqlanadi);
Ayiqlar Kuchi Ossillyatori manfiy, lekin shuning bilan birga o'sadi;
Buqalar kuchi Ossillyatorining oxirgi cho'qqisi oldingisidan yuqoriroq joylashgan bo'lsa;
Ayiqlar Kuchi Ossillyatori buqa divergensiyasidan so'ng o'ssa.
Ayiqlar Kuchi Ossillyatorining musbat qiymatlarida xaridlardan o'zini tutib turish kerak.
Sotish tavsiya etiladi, agar:
pasayuvchi trend mavjud bo'lsa (EMA yo'nalishi bilan aniqlanadi);
Buqalar Kuchi Ossillyatori musbat, lekin asta-sekin kamayib bormoqda;
Ayiqlar kuchi ossillyatorining oxirgi chuqurligi avvalgisidan pastda joylashgan bo'lsa;
Buqalar Kuchi Ossillyatori ayiq divergansiyasidan chiqqan holda kamayib bormoqda.
Qisqa pozitsiyalarni ochmaslik tavsiya etiladi, agar Bulls Power ossillyatori manfiy bo'lsa.
Bulls Power va Bears Power ossillyatorlari va narxlar o'rtasida divergensiya - operatsiyalarni o'tkazish uchun eng yaxshi vaqtdir.
BULLS = HIGH - EMA
BEARS = LOW - EMA
Где:
BULLS — buqalar kuchi;
BEARS — ayiqlar kuchi;
HIGH — joriy barning maksimal narxi;
LOW — joriy barning minimal narxi;
EMA — eksponensial sirpanuvchi o'rtacha.