empty
 
 
uz
Qo'llab-quvvatlash
Hisob-varag'ini tez ochish
Savdo platformasi
To'ldirish / Yechish

Fractals: tavsifi, sozlanishi va qo'llanishi

Barcha bozorlar shu bilan tavsiflanadiki, bunda vaqtning katta qismi mobaynida ularda narxlar kuchli darajada o'zgarmaydi va faqat uncha katta bo'lmagan vaqt mobaynida (15-30 foiz) trend o'zgarishlari kuzatiladi. Bozorlarda narxlar ma'lum bir trendga muvofiq o'zgaradigan davrlar foyda olish uchun eng qulaydir.

Fraktallar (Fractals) — tub yoki cho'qqini aniqlashga imkon beruvchi, Bill Vilyamsning beshta savdo indikatorlaridan biri. Yuqoriga fraktalini texnik aniqlash - bu minimum beshta ketma-ket barlardan iborat seriya bo'lib, unda eng yuqori maksimumdan oldin va uning ketida ancha pastroq maksimumga ega barlar joylashadi. Qarama-qarshi konfiguratsiya (beshta bardan iborat seriya bo'lib, unda eng past minimum oldida va uning ketida yanada yuqoriroq minimumli ikkitadan bar joylashgan) pastga tomon fraktalga mos keladi. Grafikda fraktallar High va Low qiymatlariga ega va yuqori yoki pastga qaragan strelkalar bilan belgilangan.

Fractals texnik indikatori signallarini Alligator texnik indikatori yordamida filtrlash zarur. Boshqacha aytganda, agar fraktal Alligator Tishlaridan pastda joylashgan bo'lsa, u holda xarid qilishga bitim tuzmaslik lozim, va agar fraktal Alligator Tishlaridan yuqorida joylashgan bo'lsa, u holda sotishga bitim tuzmaslik lozim. Fraktal signali shakllangandan so'ng va uning jag'idan tashqarisidagi pozitsiyasi bilan belgilanadigan kuchga ega bo'lgandan so'ng u yo'q qilinmaguncha yoki Fraktalning yanada yangiroq signali vujudga kelmaguncha signal bo'lib qolaveradi.

   Indikatorlar ro'yxatiga qaytish   
Indikatorlar ro'yxatiga qaytish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.