empty
 
 
uz
Qo'llab-quvvatlash
Hisob-varag'ini tez ochish
Savdo platformasi
To'ldirish / Yechish

Relative Strength Index - RSI: tavsifi, sozlanishi va qo'llanishi

Nisbiy kuch indeksi Texnik Indikatori (Relative Strength Index, RSI) bu narxdan keyin keluvchi ossillyator bo'lib, u 0 dan 100 gacha bo'lgan oraliqda tebranadi. U.Uaylder Relative Strength Index kiritib, uning 14-davrli variantidan foydalanishni tavsiya etgan. Keyinchalik shuningdek 9 va 25 davrli indikatorlar ham keng tarqaldi. Relative Strength Index indikatorini tahlil qilishning keng tarqalgan uslublaridan biri farqlarni izlashdan iborat bo'lib, bularda narx yangi maksimumni vujudga keltiradi, RSI esa o'zining avvalgi maksimumi darajasiga eta olmaydi. Bunday farq narxlarni burilish ehtimolidan dalolat beradi. Agar keyin indikator patga tomon burilsa va o'zining chuqurligidan ham pastroqqa tushsa, u holda u "amalga oshirilmagan kengayish" (failure swing) deb ataluvchi holatni yakunlaydi. Bu amalga oshirilmagan kengayish narxlarining tez orada burilishining tasdig'i bo'lib hisoblanadi. Grafiklarni tahlil qilishda Relative Strength Indexning kuyidagi signallari farq qilinadi:

Cho'qqilari va asoslari Relative Strength Index indikatorining cho'qqilari odatda 70 dan yuqoriroqda, asosi esa 30 dan pastda shakllanadi, bunda ular odatda narx grafigida cho'qqilar va asoslarning hosil bo'lishidan oldinroq shakllanadi.

Grafik modellar Relative Strength Index ko'pincha grafik modellarni "bosh va нelkalar" yoki uchburchaklar kabi modellarni hosil qiladi, ular narx grafigida belgilanmasligi ham mumkin.

Muvaffaqiyatsiz yoyilish (qo'llab-quvvatlash yoki qarshilik ko'rsatish darajasini yorib o'tish) Relative Strength Index avvalgi maksimum (cho'qqi)dan yuqoriro ko'tariladigan yoki avvalgi minimum (chuqurlik)dan ham pastroqqa tushadigan holat ham o'rinli bo'ladi.

Qo'llab-quvvatlash va qarshilik darajalari Relative Strength Index indikatori grafigida qo'llab-quvvatlash va qarshilik ko'rsatish darajalari grafigidagiga qaraganda hatto aniqroq ko'rinadi.

Tarqalish

Yuqorida aytib o'tilganidek, narx yangi maksimumga (minimumga) yetganda, lekin u RSI grafigida yangi maksimum (minimum) bilan tasdiqlanmagandan farqlar paydo bo'ladi. Bunda odatda Relative Strength Index indikatorining harakati yo'nalishida narxlarga tuzatish kiritilishi yuz beradi.

Hisoblash

Relative Strength Index texnik indikatorini asosiy hisoblash formulasi:

RSI = 100-(100/(1+U/D))

Bu yerda:
U - musbat narx o'zgarishlarining o'rtacha qiymati;
D - manfiy narx o'zgarishlarining o'rtacha qiymati.

   Indikatorlar ro'yxatiga qaytish   
Indikatorlar ro'yxatiga qaytish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.