empty
 
 
uz
Qo'llab-quvvatlash
Hisob-varag'ini tez ochish
Savdo platformasi
To'ldirish / Yechish

"Katta Yo‘l" tanlovi qoidalari

I. Umumiy qoidalar

    • 1. "Katta Yo‘l" tanlovi InstaForeks kompaniyasi tomonidan tashkillashtirilgan.
    • 2. Tanlov 4 bosqich va bitta finaldan tashkil topgan.
    • 3. 4 bosqichning har birini o‘tkazilish vaqti:
      • - 15.03.21 – 16.04.21;
      • - 17.05.21 – 18.06.21;
      • - 19.07.21 – 20.08.21;
      • - 20.09.21 – 22.10.21.
    • 4. To‘rt bosqichning har birida ro‘yxatdan o‘tish vaqti:
      • - 25.01.21 – 14.03.21;
      • - 15.03.21 – 16.05.21;
      • - 17.05.21 – 18.07.21;
      • - 19.07.21 – 19.09.21.
    • 5. Tanlovning finalini o‘tkazish vaqti - 15.11.21 – 17.12.21.
    • 6. Finalda ro‘yxatdan o‘tish 20.09.21 soat 00:00 da boshlanadi va 14.11.21 da tanlov boshlanishidan bir soat oldin yakunlanadi.
    • 7. Tanlovning sovrin fondi $55 000 ni tashkil etadi.
    • 8. Tanlovning birinchi to‘rtta bosqichi sovrinlari lineykasi quyidagicha ko‘rinishga ega:
      • - 1-sovrin – $3000;
      • - 2-sovrin – $2000;
      • - 3-sovrin – $1500;
      • - 4-sovrin – $800;
      • - 5-sovrin – $600;
      • - 6-sovrin – $400;
      • - 7-sovrin – $300 + 40 bonus ballari;
      • - 8-sovrin – $250 + 30 bonus ballari;
      • - 9-sovrin – $200 + 20 bonus ballari;
      • - 10-sovrin – $150 + 10 bonus ballari;
      • - 11-sovrin – $100 + 5 bonus ballari.
    • 9. Tanlov finalining sovrinlari lineykasi quyidagi ko‘rinishga ega:
      • - 1-sovrin - $6000;
      • - 2-sovrin - $3500;
      • - 3-sovrin - $2300;
      • - 4-sovrin - $1500;
      • - 5-sovrin - $1000;
      • - 6-sovrin - $850;
      • - 7-sovrin - $750;
      • - 8-sovrin - $550;
      • - 9-sovrin - $350;
      • - 10-sovrin - $300;
      • - 11-sovrin - $250;
      • - 12-sovrin - $200;
      • - 13-sovrin - $150;
      • - 14-sovrin - $100.
    • 10. Dastlabki 4 ta bosqichda pul mablag‘laridan tashqari bonus ballari ham nazarda tutilgan bo‘lib, ular tanlovning finalida foydalanishi mumkin. Tanlovlar seriyasi finalida har bir bonus balga ishtirokchilarning startdagi depozitiga $1000 qo‘shiladi. Tanlovning avvalgi bosqichlarida ishtirok etganlarning va bonus ballari olganlarning hammasi tournament@instaforex.com manziliga bonus summalarini final bosqichida ularning hisob-varaqlariga o‘tkazish to‘g‘risida iltimos bilan xat yozishlari kerak.

II. Ishtirokchilar

    • 1. InstaForeks kompaniyasida hisob-varag‘ining har bir egasi tanlovning barcha bosqichlarida ishtirok etishlari mumkin.
    • 2. Tanlovda ishtirok etishga 18 yoshga to‘lgan kishilar ruxsat etiladi.
    • 3. Tanlovning har bir ishtirokchisi InstaForeks kompaniyasining saytida ro‘yxatdan o‘tishi kerak.
    • 4. Ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tishda haqiqiy ma’lumotlarni, shaxsni tasdiqlovchi hujjatga mos to‘liq ismni, amaldagi elektron aloqa manzilni taqdim etishi zarurligiga rozi bo‘ladi.
    • 5. Savdo bitta IPdan ikkita va/yoki undan ortiq hisob-varaqlarida savdo olib borilayotgani aniqlangan holda ma’muriyat bu hisob-varaqlari egasi (egalari)ni tanlovdan chiqarib tashlash huquqiga ega, shu munosabat bilan biz GPRS- va 3G-modemlaridan foydalanishni qat’iy tavsiya etmaymiz.
    • 6. Tashkilotchi sababini izohlamasdan Ishtirokchini ro‘yxatga olishni rad etishi va tanlov jarayonida Ishtirokchini tanlovdan chiqarib yuborish, yoki Tanlov o‘tkazilishi tugaganda chiqarib yuborish sababini izohlash huquqini saqlab qoladi. Tanlovdan chiqarib yuborish uchun sabab aynan bir xil juftliklar bo‘yicha taxminan o‘xshash vaqtlarda yirik hajmdagi qarama-qarshi bitimlarni turli hisob-varaqlarida ochish, shuningdek kafolatli foyda olish uchun kotirovkalar oqimida to‘xtalib qolishlardan foydalanish bo‘lishi mumkin.
    • 7. Ishtirokchi Tanlovda ro‘yxatdan o‘tishda Tanlovga tegishli barcha cheklovlar va qoidalarni tan oladi.
    • 8. Tanlovda yaqin qarindoshlar hisob-varaqlarining ishtirok etishi taqiqlangan. Agar Ishtirok etuvchining hisob-varag‘ining ro‘yxatdan o‘tish ma’lumotlaridan birortasi boshqa Ishtirokchining ro‘yxatdan o‘tish ma’lumotlari bilan bir xil bo‘lib qolgan hollarda Kompaniya bunday mos kelishni ishtirokchilarni o‘yindan chiqarish uchun asos deb hisoblashga haqli.

III. Savdo shartlari

    • 1. Tanlovda ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng Ishtirokchi demo-hisob-varag‘ini oladi.
    • 2. Boshlang‘ich depozit $100 000 ni tashkil etadi va o‘zgartirilishi mumkin emas.
    • 3. Yelka 1:500.
    • 4. Tanlovning har bir bosqichida ishtirok etish uchun yangi demo-hisob-varag‘ini ro‘yxatdan o‘tkazish kerak
    • 5. Bozordan tashqari baholar bo‘yicha ochiladigan barcha savdo orderlari bekor qilinishi lozim. Shuningdek Tanlov ma’muriyati agar hisob-varag‘ida bozordan tashqari narxlarda savdo qilinganligi aniqlansa, hisob-varag‘ini o‘yindan chiqarib tashlash huquqiga ega.
    • 6. Ishtirokchi savdo maslahatchilaridan va har qanday savdo strategiyalaridan cheklovlarsiz foydalanishi mumkin.
    • 7. Savdo operatsiyalarini amalga oshirish uchun faqat asosiy valyuta juftliklari va kross-kurslar juftliklaridan foydalanish mumkin.
    • 8. Bitimning eng kichik miqdori 0.01 lot, eng katta miqdori - 10 lotni tashkil etadi. Qadam 0.01 lotni tashkil etadi.
    • 9. Ishtirokchi o‘z savdo hisob-varag‘ini texnik qo‘llab-quvvatlashga murojaat qilish vositasida Swap-Free ga o‘zgartirishi mumkin.
    • 10. Bitimlarning maksimal miqdori, kechiktirilgan orderlarni ham hisobga olganda 5 tani tashkil etadi.
    • 11. Stop Out darajasi 10% ga teng.
    • 12. Tanlov hisob-varaqlari uchun qolgan barcha savdo qilish shartlari InstaForeks kompaniyasidagi haqiqiy hisob-varaqlari uchun savdo shartlari bilan bir xil.

IV. G‘oliblarni aniqlash

    • 1. Tanlovning har bir bosqichi tugagandan so‘ng Ishtirokchilarning barcha bitimlari joriy narxlar bo‘yicha avtomatik tarzda yopiladi.
    • 2. Eng ko‘p depozitlar egalari g‘olib deb e’lon qilinadi.
    • 3. Agar tanlov yakuniga ko‘ra ikki Ishtirokchining depozitlari o‘lchovi bir hil bo‘lib qolgan holda bu ikki ishtirokchi o‘rtasida o‘rinlarni taqsimlash to‘g‘risidagi qarorni Kompaniya qabul qiladi.
    • 4. Tanlov g‘oliblari ularning F.I.Sh. e’lon qilinishiga rozi bo‘lishadi.
    • 5. Tashkilotchi Ishtirokchi tomonidan tanlovning mablag‘larini o‘zlashtirishga qaratilgan biror hiyla ishlatishga urinishlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita isboti asosida avval berilgan sovrinni haqiqiy emas deb tan olish va bekor qilish huquqini saqlab qoladi.
    • 6. Agar mijozning bitta yoki bir nechta hisob-varaqlarida sovrin mablag‘larining to‘planishi amalga oshirilayotgan holda Kompaniya sovrinni o‘tkazmaslik huquqini saqlab qoladi.

V. Natijalarni e’lon qilish

    • 1. Ishtirokchilarning hisob-varaqlaridagi mablag‘lar darajasi tanlov borishining butun davomida Kompaniyaning saytida erkin foydalanish bo‘ladi.
    • 2. Kompaniya tanlov tugagandan so‘ng Ishtirokchilarning hisob-varaqlari tarixini e’lon qilish huquqini saqlab qoladi.
    • 3. Ishtirokchilarning tanlovdagi hisob-varaqlarini ro‘yxatga olish amalga oshiriladigan mamlakatlar va hududlar statistikasi e’lon qilishini mumkin.
    • 4. Tanlov natijalari tanlov tugagandan so‘ng va barcha zurur tekshirishlar o‘tkazilgandan so‘ng bir oy mobaynida e’lon qilinadi.

VI. Sovrinni olish

    • 1. G‘oliblar tanlov natijalari e’lon qilingandan so‘ng 30 taqvim kuni mobaynida hisob-varaqlarini ochish va verifikatsiya qilishlari kerak.
    • 2. Sovrin mablag‘lari mijoz ochadigan verifikatsiya qilingan haqiqiy savdo hisob-varag‘iga o‘tkaziladi.
    • 3. Tanlov ma’muriyati yoki g‘olibning o‘zi ochadigan haqiqiy hisob-varag‘idagi har qanday faoliyat u tomonidan amalga oshiriladi va InstaForeks kompaniyasining kelishuvlari va qoidalariga muvofiq tartibga solinadi deb tan olinishini G‘olib e’tirof etadi.
    • 4. G‘olibning haqiqiy hisob-varag‘iga kiritiladigan sovrin mablag‘lari yechib olinmaydigan hisoblanadi. Faqat sovrin mablag‘laridan olingan foyda yechilishi mumkin.
    • 5. Tashkilotchi Ishtirokchi tomonidan tanlovning mablag‘larini o‘zlashtirishga qaratilgan biror hiyla ishlatishga urinishlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita isboti asosida avval berilgan sovrinni haqiqiy emas deb tan olish va bekor qilish huquqini saqlab qoladi.
    • 6. Hisob-varag‘idan mablag‘larni olib tashlash mablag‘larni chiqarishga buyurtmani rasmiylashtirishda avtomatik amalga oshiriladi. Savdo hisob-varag‘i balansini va erkin mablag‘larni (free margin) chiqarishga buyurtmaga mos kelishini tekshirish buyurtmaga bilvosita ishlov berishda moliya bo‘limi mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi. Agar mos kelmay qolgan holda e’lon qilingan mablag‘lar hisob-varag‘iga qaytariladi.
    • 7. Mablag‘larni istagan yechishda berilgan sovrin to‘liq hajmda bekor qilinishiga G‘olib rozi bo‘ladi.

VII. Tanlov shartlari tili

    • 1. Shartlarning asosiy tili ingliz tili hisoblanadi..
    • 2. Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida Kompaniya Tanlov shartlarini boshqa tillarga tarjima qilib taqdim etishi mumkin. Mazkur tarjima mutlaqo axborot xususiyatiga ega bo‘ladi.
    • 3. Tanlovning mazkur shartlarining ingliz tilidagi versiyasi va ularning tarjimalari orasida har qanday farq topilgan holda uning ingliz tilidagi versiyasi ustuvor hisoblanadi.
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.