Shunday qilib, xedjirlash bu nima?
"Xedjirlash" so'zi tarjimada "sug'urtalash"ni anglatadi. Valyuta xavflarini xedjirlash - bu valyutalar kurslarining o'zgaruvchanligi bilan bog'liq xavflarni kamaytirishga qaratilgan harakatlardir. Kishi xedjirlashni amalga oshirishga qaror qilganda, u aslida o'zini mumkin bo'lgan xavflardan sug'urtalaydi.
Biroq, "xedjirlash" so'ziga kiritilgan barcha ma'noni tushunish uchun bitta tavsif kamlik qiladi. Shuning uchun mazkur mavzuni batafsilroq ko'rib chiqamiz, Foreksda bitimlarni xedjirlash vositalari, turlari, usullari, strategiyalari to'g'risida gapirib beramiz, shuningdek misollar keltiramiz.
Xedjirlash vositalari
Xedjirlashning asosiy vositalari sifatida moliyaviy derivativlar, muddatli birja kontraktlari - opsionlar va fyucherslarni hisoblash qabul qilingan.
- Opsion tanlangan aktivni oldindan o'rnatilgan narx bo'yicha kelajakda sotib olish yoki sotishga huquqni qayd qilishga imkon beradi.
- Fyuchers tanlangan aktivni oldindan aytib o'tilgan narx bo'yicha kelajakda sotib olish yoki sotishga majburiyatni qayd qilishga imkon beradi.
Aytgancha, biz aytib o'tgan xedjirlash vositalarini ham alohida ham turli kombinatsiyalarda va holatlarda qo'llash mumkin. Bunday kombinatsiyalar yetarlicha ko'p bo'lishi mumkin.
Xedjirlash strategiyalari
To'g'ri tanlangan strategiya muvaffaqiyatga imkoniyatlarni orttiradi. Misol sifatida bir nechta strategiyalarini keltirib o'tamiz.
Fyucherslarni xedjirlash. Muddatli kontraktlar bozorida fyucherslarni xedjirlanayogan tovarlarning qismi hajmiga mos keladigan miqdorda sotish.
"Put" - opsionni sotib olish. Bunday opsionni sotib olishda fyuchers kontraktlarini istagan qulay vaqt va qulay narx bo'yicha sotishning haqiqiy imkoniyati paydo bo'ladi. "Put" opsionni sotib olib, biz minimal narxni qayd qilishni amalga oshiramiz. Kelajakda narxning o'sishidan foydalanish imkoni bor.
"Koll"-opsionni sotish. Bunday opsion sotuvchisi sotib oluvchidan ko'ra sal kattaroq foydada bo'ladi. Oxirgisi sotuvdan "koll"ning har bir birligida komissiya oladi. Sotuvchi fyucherslarni bajarilish narxida sotishi mumkin.
U yoki bu strategiyani tanlashda iqtisodiyotdagi joriy holatni, tanlangan sohadagi barcha bo'lishi mumkin bo'lgan istiqboli inobatga olish va tahlilni ham yoddan chiqarmaslik kerak.
Foreksda investitsiyalarni sug'urtalash qanday imkoniyatlarni beradi?
Xorijiy valyutada saqlanayotgan pul mablag'lari valyuta xavflari moyil. Qoida tariqasida kompaniya hisobi bitta valyuta olib boriladi, bu esa xorijiy valyutalardagi moddalarni qayta hisoblashda valyutalar kurslaridagi o'zgarishlarda foyda yoki zararlar bo'lishi mumkin. Valyuta xavflarini xedjirlash kompaniyaga o'z mablag'larini istalmagan yoki prognoz qilinmagan valyuta kurlarining harakatlaridan himoyalanishga imkon beradi. Kompaniya xalqaro valyuta bozorida bitimlarni tuzib mablag'larini joriy narxda qayd etadi.
Xedjirlash kompaniyaga kurs tebranishlarini oldini olishga, kelgusi ishni rejalashtirishga va kurslarning o'zgarishlari bilan shaklini o'zgartirmagan haqiqiy moliyaviy natijani aks ettirishga, avvaldan mahsulotning narxini, kompaniya foydasini, ish haqqini va boshqa harajatlarni belgilashga imkon beradi.
Kredit yelkasidan foydalangan holda Valyuta xavflarini xedjirlash qo'shimcha afzalliklarni beradi:
- kompaniyaning aylanmasidan katta pul mablag'larini chiqarmaslikka imkon beradi
- kelajakda olinishi mumkin bo'lgan valyutani sotishga imkon beradi
Tashqi savdo operatsiyalarda kompaniya xavflarini xedjirlash pul mablag'larini konvertatsiya qilish bo'yicha kelajakdagi operatsiyaga qarshi tomonga valyuta pozitsiyasini ochishni nazarda tutadi.
Masalan, import qiluvchi xorijiy valyutani sotib olish uchun oldindan pozitsiyani ochadi va bankdan haqiqiy sotib olish vaqti kelganda uni yopishi kerak.
Ekspor qiluvchi, aksincha, xorijiy valyutani sotadi va buning uchun oldindan valyutani sotish uchun pozitsiyani ochadi, haqiqiy sotish vaqti kelganda esa bu pozitsiyani yopadi.
Valyuta bozorida mablag'larni xedjirlashga misol
Import qiluvchi kompaniya n-miqdordagi vaqt davomida dollarlarda ma'lum summadagi AQShdan tovarlarning bir qismini kelib tushishini kutmoqda. Kompaniya hisob-varag'ida yevro bor. Bitimni amalga oshirish uchun kompaniya o'z bankida ularni dollarlarga o'tkazishi kerak. Kompaniya dollar kursining kutilmaganda o'sishidan xavflarni xedjirlash bo'yicha qaror qabul qiladi, buning uchun savdo hisob-varag'ida bitim ochadi. 1:1000 kredit yelkasidan foydalanishda sug'urtalash kerak bo'lgan summaning tahminan 1%ini investitsiya qilish kerak. Agar dollar o'sishni boshlasa, kompaniya kurslarning yuqori tebranishidan zarar ko'radi, biroq bunda tuzilgan bitimdan olinadigan foyda bu zararni qoplashga imkon beradi.
Shunday qilib valyutaning qiymati qayd qilingan, foyda va zararning yig'indisi esa har doim nol darajasida bo'ladi. Natijada kompaniya o'zini kurslarning farqlaridagi kutilmagan tebranishlari bilan bo'lishi mumkin bo'lgan stresslardan holis etadi va bunda mablag'larni boshqa operatsiyalarni bajarish uchun saqlab qoladi.
Valyuta xavflaridan mablag'larni hoziroq qanday sug'urtalash mumkin?
Xedjirlash bo'yicha ishni boshlash uchun valyuta treydingi xizmatlarini taqdim etuvchi InstaFintech kompaniyalar guruhidan savdo hisob-varag'ini ochish kerak.
Agar Siz o'z kompaniyangizning pul oqimini oldindan aytib bo'ladigan qilishni xohlasangiz, tovarlarni sotishning muddatlari va hajmlarini haqida tasavvurga ega bo'lgansiz, unda bizning mutaxassislar Siz uchun valyuta bozorida pozitsiyalarni ochishlari mumkin, bu Sizga zararlarni oldini olishga imkon beradi. Xedjirlash masalalari bo'yicha support@instaspot.net pochtaga murojaat qiling. Agar Siz avtivlarni xedjirlash bilan hech qachon foydalanmagan bo'lsangiz ham, biz bu qanday amalga oshirilishini tushuntira olamiz, va Sizning biznesingiz uchun eng qulay sxemalarni ishlab chiqamiz.