MetaTrader 5 savdo platformasi vazifalar to'plamidan foydalanishga imkon beradi:
- savdo operatsiyalarini bajarish;
- ochiq pozitsiyalarning va kechiktirilgan orderlarning holatini Stop Loss va Take Profit orderlari vositasida, shuningdek dastur-maslahatchilar yordamida nazorat qilish va boshqarish;
- haqiqiy vaqt rejimida kotirovkalarni va yangiliklarni olish;
- o'rnatilgan texnik indikatorlar va chiziqli asboblar yordamida texnik tahlilni o'tkazish;
- savdo strategiyalarini testdan o'tkazish va optimallashtirish;
- bir necha moliyaviy bozorlarda va birjalarda bitta hisob-varag'idan bir yo'la savdo qilish;
- birjada fyucherslar va aksiyalar bilan savdo qilish;
- har xil turdagi 82 tahliliy asboblardan foydalanish;
- terminal tarkibiga kiruvchi MQL5 dasturlash tilidan foydalanish.
MetaTrader 5 savdo terminali — bu moliya bozorlarida har bir treyder uchun uning malakasi va savdo qilish uslubidan qat'iy nazar kerak bo'lgan to'liq dasturiy vositalar majmuasidir.
Hisob-varag'ini ochish
MetaTrader 5 savdo terminali haqiqiy hisob-varaqlarida ishlashni qo'llab-quvvatlaydi. Hisob-varag'ini ochish uchun pastroqda joylashgan tegishli tugmachani bosishingiz kerak, shundan so'ng ro'yxatdan o'tish tadbirini amalga oshirish lozim.