empty
 
 
uz
Qo'llab-quvvatlash
Hisob-varag'ini tez ochish
Savdo platformasi
To'ldirish / Yechish

InstaForeksning ijtimoiy mas'uliyati - bu shunday narsaki, keyskin raqobat sharoitida va ba'zida bozor ishtirokchilari o'rtasidagi ayovsiz kurash sharoitida oddiy insoniy qonun-qoidalarni yodidan chiqarmaydigan haqiqatdan ham zamonaviy kompaniya ishini ko'ramiz. Bu qonun-qoidalarga muvofiq ijtimoiy ma'suliyat orasida jonli va achinadigan hamda yordam berishga tayyor turuvchi insonlar turgan har qanday yirik kompaniyaning ajralmas tashkil etuvchisi bo'lishi kerak.

Biz nochoralarga yordam ko'rsatib, o'zimizga ulug' nom yoki "PR yaratishga" intilmaymiz. InstaForeks kompaniyasi Rossiyaning va chet el mamlakatlarining bir qancha xayriya tashkilotlarini qo'llab quvvatlashda ishtirok etishi - bu sharaf olish yoki raqiblar o'rtasida reytingni oshirish emas. Yuqorida aytilganidek: InstaForeksning ijtimoiy mas'uliyati - bu bizning zamonaviy kompaniyaning va uning mos ishlash tamoyillari shunday bo'lishi kerakligini ko'rsatishimizdadir.

Bir qancha yillar mobaynida yangidan yangi xayriya tashkilotlari, hamda xususiy shaxslar InstaForeks kompaniyasining hamkorlariga aylanmoqda. Shunday qilib, biz tibbiyotga, ta'limga hamda ijtimoiy muammmolarni hal qiluvchilargi haqiqiy va shunchalik zarur ko'makni amalga oshiruvchi, xayriya tashkilotlariga va oddiy odamlarga yordam beramiz va bunday yordam zarur deb hisoblaymiz.


InstaSpot помогает детскому благотворительному фонду Рональда Макдональда в Малайзии
InstaSpot помогает детскому благотворительному фонду Рональда Макдональда в Малайзии
Ежегодно в больнице USM в штате Келантан проходят лечение 20 000 детей.
Большинство пациентов приезжают из других штатов, например из Тренгану и Паханга.
Дорога до больницы занимает более 2 часов, а большинство детей из малообеспеченных семей.
social responsibility
К тому же стоимость лечения довольно высока.

Родители попросту не могут позволить себе постоянно навещать своих детей.

Но в 2019 году проблема многих семей решилась.

На территории больницы USM в Келантане построен комфортабельный дом для семей детей, которые проходят лечение в этой больнице.

Теперь родители и дети могут быть вместе во время терапии, что безусловно сказывается положительно на здоровье детей.
Davomini o'qish
Вместе с фондом Peduli Anak дарим детям надежду на светлое будущее
Вместе с фондом Peduli Anak дарим детям надежду на светлое будущее
Миллионы обездоленных и беспризорных детей во всем мире нуждаются в медицинской поддержке, защите от насилия, эксплуатации и нищеты. Поэтому благотворительность стала распространенным социальным явлением. Помочь детям – это наш шанс совершить маленькое чудо! Главное не пройти мимо, ведь совместными усилиями можно сделать многое! social responsibility

Наша компания не остается в стороне от благотворительных акций, мы регулярно принимаем участие в различных программах, требующих финансовой и иной поддержки. На этот раз выбор пал на независимую неправительственную организацию Peduli Anak, основанную в Нидерландах и расширенную до Индонезии. На протяжении 15 лет организация ставит перед собой цель улучшить жизнь детей, обеспечивая их не просто жильем, а настоящим домашним уютом. Тысячи подопечных получают образование, медицинскую и юридическую помощь.

Активная работа Peduli Anak ведется в Индонезии. На острове Ломбок построен большой цент развития для детей из малообеспеченных семей. Есть три детских дома, начальная школа, детский сад, профучилище и медицинский центр.

Мы теперь тоже чувствуем свою причастность к благому делу. Получаем колоссальную отдачу в виде слов благодарности от организации и радость при мысли о том, что наш вклад помог выздоровлению ребенка и вернул ему способность смеяться.

Rahmat!
social responsibility
Davomini o'qish
Kambodjadagi CPOC tashkiloti
Kambodjadagi CPOC tashkiloti
Salom, mening ismim Kim Ni. Mening yoshim 36da, men Kambodjada tug'ilganman. Men butun umrimni aravachada o'tkazayotgan nogironman. Onam yoshligimda vafot etgan. Men uning qiyofasini, yuz ko'rinishlarini eslay olmayman, men bolaligimda hech ham u bilan o'ynamaganman. Otam bir yarim yoshimda tashlab ketgan. Keyin men buvim bilan birga yashadim, ammo uning ko'zi ojiz edi va menga g'amho'rlilik qilish uchun mablag'i yo'q edi. Opamning omadi ko'proq keldi - uni amakimiz boquviga oldi.

Mening ikkinchi opam 9 yoshda menga va buvimga ovqat va dori-darmon olish uchun maktabdagi o'qishni tashlib imkon darajasida pul topish uchun ishladi.

Biz yashayotgan uyning tomi teshik bo'lib, yomg'ir yoqqanda suv o'tkazar edi.

Kichikligimda men maktabga borishga juda qiynalar edim. Men maktabga yomg'ir yoqqanda ham, jazirama issiqda ham sudralib borib kelar edim. Menda boshqa bolalar kabi na maktab formasi, na o'quv qurollari solib yuradigan papka bo'lmagan.

Men nochor oilalar bolalari va yetim bolalarga yordam beruvchi notijorat tashkilot CPOC (Caring For Poor and Orphaned Children)ni tashkil etdim, chunki men o'zimga qanchalik qiyin bo'lganini bilib, shunday qiyinchilikda yashaydigan bolalarni ko'rgim kelmaydi. Men bu bolalar yetarlicha ovqat, ustida ishonchli boshpana bo'lishini, ular maktabga borib o'qishlarini va yaxshi hayot kechirishlarini istayman.

CPOCni tashkil etishning asosiy sababi - bu bolalarga yaxshi hayotni, ularning oilalariga esa yorqin kelajakni hozir berish to'g'risidagi mening istagimdir. Men bu loyiha uchun uyni ijaraga oldim. Bizlar bolalar uchun uy qurishni, kompyuter sinflari, kutubxonalar tashkil etishni, uy hayvonlari fermalarini qurishni va sabzavot xo'jaligini barpo etishni rivojlantirmoqdamiz. Biz shuningdek nochor oilalardan chiqqan talabalar uchun universitet qurishni va ularning o'qish harajatlarini qoplashni rejaga olganmiz.

Men CPOC loyihasi haqiqatga aylanishiga umid qilaman. Men Kambodjadagi butun CPOC tashkiloti nomidan InstaForeks kompaniyasiga muhtoj bolalarning hayoti darajasini va sharoitlarini yaxshilashga sarflagan mablag'lari uchun minnatdorchilik bildiraman. Bizlar InstaForeksga uning barcha ezgu ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Davomini o'qish
InstaForeks Nepalda yuz bergan qattiq yer qimirlashi oqibatlarini bartaraf etishda yordam bermoqda
InstaForeks Nepalda yuz bergan qattiq yer qimirlashi oqibatlarini bartaraf etishda yordam bermoqda
Ayni paytda World Vision tashkiloti boshqa insonparvarlik muassasalari qatori 2015 yil 25 aprelda Nepalning g'arbiy hududlarida yuz bergan kuchli falokatli yer qimirlashi oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etdi. InstaForeks kompaniyasi ham chetda qolmadi va tashkilot jamg'armasiga yer qimirlashi qurbonlariga xayrli yordam sifatida mablag'lar o'tkazdi.

Jamg'armaga o'tkazilgan mablag'lar o'z uylarini tashlab ketishga majbur bo'lganlarga vaqtincha boshpana berishga, shuningdek tibbiy yordam ko'rsatishga, oziq-ovqat yetkazib berishga va toza suv bilan ta'minlashga yo'naltiriladi.

Nepalda 7,9 ball magnituda bilan yuz bergan keyingi 80 yildagi eng kuchli yer silkinishlaridan biri bo'lib, deyarli 8 ming kishining hayotini olib ketdi. Falokat natijasida 16 mingdan ortiq kishi aziyat chekdi, 8 mingga yaqin kishi qurbon bo'ldi. Tabiiy ofat mamlakatdagi 288 mingdan ortiq turar joylarni to'la vayron qildi, yana 254 ming turar joyni qayta tiklash kerak bo'ldi. Bunda turli mamlakatlar fuqarolari aziyat chekkanlarga yordam berish uchun mablag' to'plashda faol ishtirok etishdi.

InstaForeks kompaniyasi qo'shgan hissasi Nepal aholisiga bu ayanchli fojeadan o'zing o'nglab olishda yordam beradi, deb ishonadi.social responsibility

World Vision — diniy notijorat tashkiloti bo'lib, uning bosh maqsadi dunyoda rivojlanishga yordam ko'rsatish, shuningdek nochorlik, ochlik va nohakliklarga qarshi kurashdir. Buyuk Britaniyadagi bu tashkilotning vakolatxonasi halokatlar va favqulodda vaziyatlar bo'yicha Qo'mitaning a'zosi hisoblanadi.

Rahmat!

social responsibility
Davomini o'qish
Malayziyaning Qizil Yarim Oy Jamiyati (MRC)
Malayziyaning Qizil Yarim Oy Jamiyati (MRC)
The Malaysian Red Crescent (MRC) — inson qadriyatlarini saqlab qolishga ko'maklashuvchi, sayyorada yashovchilarning azob va uqubatlarini bartaraf etishga va kamaytirishga ko'mak beruvchi, shuningdek tabiiy ofatlar va harbiy mojarolar natijasida aziyat chekkanlarga yordam ko'rsatuvchi ko'ngilli insonparvar tashkilotdir. Qarorgohi Kuala-Lumpurda joylashgan Malayziyaning Qizil Yarim oy jamiyati mustaqil Qizil Xoch va Qizil Yarim oy Xalqaro harakatining bir qismi hisoblanadi.

Qizil Yarim oy jamiyati tinchlik davrida ham birinchi tibbiy yordam va insonparvarlik dasturlari orqali insoniyatga xizmat qiladi. Qizil Yarim oy jamiyati xodimlari 2010 yilda Malayziyaning shimoliy qismida yuz bergan suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishdi, shuningdek 2004 yilda Indoneziyaning Achex provinsiyasiga va Malaziyaning Penang shtatiga bosib kelgan sunami oqibatlarini bartaraf etishda faol ishtirok etishdi. MRC shuningdek Falastin, Yaponiya, Pokiston, Birma va Xitoy kabi mamlakatlarda yuz bergan holatlar qurbonlariga yordam ko'rsatishda katta o'rin egalladi.

Hozirgi vaqtda Qizil Xoch va Qizil Yarim oy xalqaro harakatining Malaziyadagi filiali Malayziyaning sharqiy va shimoliy shtatlarida keyingi 50 yil ichidagi eng kuchli suv toshqinlari oqibatlariga qarshi kurashda faol yordam ko'rsatmoqda. Falokatning asosiy kuchi Sibuga zarba berdi, bu yerda Radjang daryosi qirg'oqlardan toshib chiqdi. Halokat hududida evakuatsiya markazlari tashkil etildi, ular qochoqlarni qabul qilib olishdi. Ko'ngillilar orasida - yosh volonterlar - mamlakatdagi maktab o'quvchilari va oliy muassasalari talabalari bo'lishdi.

Ahloqiy qonunlar va umuminsoniy tamoyillarga amal qilgan holda InstaForeks kompaniyasi 400 mingdan ziyod kishi yordamga muxtoj bo'lib turganda chetda qolmadi. Aynan shuning uchun kompaniya Malayziyanin sharqiy qirg'oqlaridagi suv toshqini qurbonlariga yordam berish va og'irini yengil qilish uchun Malayziyaning Qizil Yarim oy hayriya jamg'armasiga o'zining sahiylik hissasini qo'shdi.
Davomini o'qish
"Wikimedia Foundation, Inc" xayriya tashkiloti
Wikimedia Foundation, Inc – notijorat xayriya tashkiloti bo'lib, u bepul axborotni rivojlantirish va tarqatishni, shu jumladan birinchi bepul Vikipediya internet-qomusini ham qo'llab-quvvatlaydi. Loyihaning asosiy maqsadi ta'lim kontentini to'plash va rivojlantirish, hamda uni samarali va global tarqatishdir. Jamg'arma xususiy shaxslar va tashkilotlarning xayriya mablag'lari hisobiga faoliyat yuritadi. social responsibility

Jamg'armaning etakchi loyihasi - erkin Vikipediya qomusiga har kuni 12 milliondan ortiq foydalanuvchilar tashrif buyurishadi. Foydali va tekshirilgan axborotga uzluksiz kirish – bu Wikimedia Foundation, Inc bilimlarning erkinligi va foydalanish mumkinligining asosiy tamoyillaridan biridir. Yildan yilga, bu tamoyilga amalq qilgan holda kompaniya bilimlardan foydalanishni oson qiladi va insoniyat to'plagan tajribalarni o'rganish imkonini beradi. Korporatsiyaning barcha loyihalari global xususiyatga ega va ularning axborotni tarqatish va undan foydalanishga qo'shgan ulkan hissasini ortiqcha baholab bo'lmaydi. Har bir kishi istagan paytda, Er sharining istagan nuqtasida tekshirilgan bilimlarni olish imkoniga ega bo'lishi kerak. Ko'pchilik foydalaniladigan Vikipediya internet-qomusi bu huquqni kafolatlaydi!

Ijtimoiy va xayriya loyihalarida ishtirok etish va yordam berish InstaForeks kompaniyasi faoliyatining asosiy tamoyillaridan biridir. Faqat boshqalarga yordam berib va jamiyatning ijtimoiy hayotida ishtirok etib, biznesni yuritishning madaniy modellariga, ahloq va nomus umuminsoniy tushunchalariga mos kelish mumkin.

InstaForeks qo'lini doim shu pulsda tutib turib, bunday resursning muhimligini a'lo darajada tushunadi, shuning uchun Vikipediya asoschisi Djimmi Uelsning yordam berish to'g'risidagi chaqirig'iga quvoch bilan javob berdi va Wikimedia Foundation, Inc ga xayriya mablag'ini o'tkazib, qo'lidan kelgan yordamini ko'rsatdi.

InstaForeks kompaniyasi hozirgi dunyoda axborotdan erkin foydalanish kerakligiga ishonchi komil.

Rahmat!
social responsibility
Davomini o'qish
SOS - bolalar qishloqlari
SOS - bolalar qishloqlari
Eng yirik xayriya tashkilotlaridan biri hisoblangan "SOS - bolalar qishloqlari" (SOS inglizcha social support – jamiyat yordami) Avstriyada 1949 yilda etim bolalarni boqish va tarbiyalash uchun tashkil etilgan edi. Bolalar qishlog'i modelidan farqli jihati oila instituti bilan maksimal darajada o'xshashligidir. Bugungi kunga kelib jahondagi 133 ta mamlakatda shunday bolalar qishloqlaridan 500 tadan ortig'i mavjud bo'lib, ularda etim bolalar va ota-onalarning vasiyligisiz qolgan bolalar tarbiyalanadi. social responsibility

SOS - bolalar qishloqlari, mutloq ixtiyoriy xayriyalar hisobiga mavjud bo'lib, o'z tarbilanuvchilariga va bitiruvchilariga psixologik, pedagogik va moddiy yordam berishadi; yangi oila topishga va jamiyatda moslashib ketishga ko'mak berishadi.

Ijtimoiy mas'uliyat siyosati doirasida InstaForeks kompaniyasi Indoneziyaning Samarang shahrida SOS - bolalar qishloqlaridan birini tashkil etishda yordam qilmoqda. Qishloqda 14 ta kottedj bo'lib, ularning har birida maktabgacha va maktab yoshidagi 6-8 nafar boladan iborat bitta oila, "onalar" (tarbiyachilar) va "holalar" (enagalar) yashashadi. Bolalar bog'chasida taxminan 90 ga yaqin bola bo'li, ularda qishloq tarbiyanuvchilari ham, yaqin atrofdagi qishloqlardadagi bolalar ham bor. Maktab yoshidagi bolalar xususiy va davlat maktablariga borishadi, ularni tugatgandan so'ng yoshlarning yotoqxonasida yashash imkoniyatiga ega bo'lib, o'rta texnik va oliy muassasalarga kirib o'qishadi.

Tashkilotning o'z oldiga qo'ygan asosiy vazifasi bolalarga g'amxo'rlik qilish, oila institutini saqlab qolish, jamiyatning e'tiborini etib bolalar muammosiga qaratishdir.
Davomini o'qish
"Baxtli dunyo" xayriya jamg'armasi
"Baxtli dunyo" xayriya jamg'armasi Rossiyada 2005 yil oktyabr oyida tashkil etilgan bo'lib, uning bosh vazifasi og'ir bemor bolalarga va ularning oilalariga moddiy va boshqa yordam ko'rsatish edi. Bu jamg'arma jumladan onkologik, nevrologik, tserebral falaj, epilepsiya bilan kasallangan bemorlarga yordam beradi. Jamg'arma mablag'lari davolashga va salomatliklarini tiklashga, dori-darmonlar sotib olishga, nogironlar aravachalari va boshqa moslamalarga, tibbiy xizmatga to'lovlar uchun sarflanadi.
Shuningdek, bemorlarning yaqinlariga moddiy yordam sifatida ham mablag'lar ajratiladi. Jamg'arma o'z faoliyati mobaynida 400 dan ortiq oilaga ko'mak berdi. "Baxtli dunyo" jamg'armasi og'ir bemor bolalar davolanayotgan tibbiyot muassasalariga dori-darmon vositalari va tibbiy qurilmalar sotib olishda moliyaviy yordam ko'rsatmoqda.

"Baxtli dunyo" jamg'armasining faoliyatini mablag' bilan ta'minlash xususiy shaxslarning va tijorat korxonalarining xayriya mablag'lari hisobiga amalga oshiriladi. Shuningdek, mablag'larni jalb qilish maqsadida xayriya tadbirlari: kontsertlar, teatr kechalari, auktsionlar, ko'rgazmalar, taqvimlar savdosi o'tkaziladi.

InstaForeks kompaniyasi "Baxtli dunyo" jamg'armasiga va og'ir bemor bolalarga mutlaqo beg'araz moddiy yordam qo'rsatadi. Bu ishni bizlar yashab ketish va sog'lom bo'lish ehtimol yagona imkoniyati bo'lgan bu bolalarga yordam berish uchun qilamiz.
Davomini o'qish
Ona va bola salomatligi xayriya jamg'armasi (FMCH)
Ona va bola salomatligi xayriya jamg'armasi (FMCH)
"The Foundation for Mother and Child Health" (FMCH) ona va bola salomatligi xayriya jamg'armasi o'z ishini Jakartada (Indoneziya) 2001 yilda boshladi. Jamg'arma mamlakatni yarmidan ko'prog'i nochor ahvolda yashaydigan aholiga yordam ko'rsatadi. Indoneziya - bu aholining soni bo'yicha eng katta musulmon mamlakatdir. Mamlakatning 17 000 orollarida 250 million aholi yashaydi. Aholining taxminan 145 millioni (52%) kuniga 2 USD dan kamroq mablag'ga yashaydi, 35 million kishi (14%) – 0,65 USD dan kam summagacha tirikchiligini o'tkazadi. 5 yoshgacha bo'lgan bolalarning 28% i doimiy och yurishdan aziyat chekadi. Shifokorlarning nazoratisiz tug'ilishlardan yoki tug'ruqdan keyingi asoratlardan 20 000 dan ortiq o'lim holati qayd etiladi. Mamlakatda 100 000 dan ortiq kishi har yil sil kasalligidan vafot etadi, 9 000 kishi - VICH/OITS dan vafot etadi. Aholining 6% igina 65 yoshgacha yashaydi.
social responsibility
Barcha xodimlari volantyorlik asosida ishlaydigan jamg'arma Indoneziya oldida turgan usutvor vazifa - nochorlik darajasini kamaytirishni hal etishga o'z hissasini ko'shmoqda. Xususan, chala to'yimsiz ovqatlanish, onalar o'limi darajasining yuqoriligi, savodxonlik darajasi past darajasiga qarshi kurashmoqda.

FMCH tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikda nochor bolalar uchun kuchli oziq-ovqat takshil etmoqda. Ko'pincha ota-onalar zarur oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish uchun mablag' topa olishmaydi, kichkina bolaga ovqatni qanday va qachon berish kerak, nimani berish mumkinu, nimani berish mumkin emasligini bilishmaydi, bilimlari etishmaydi. Shuningdek, eng oddiy sanitariya normalariga amal qilinmaydi, bu esa surunkali kasalliklarga va ba'zida o'limga ham olib keladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun maktabga tayyorlash to'garaklari tashkil etiladi, bu to'garaklarda barmoqlarning mayda harakatlari rivojlantiriladi, o'z fikrlarini bayon qilishga o'rgatiladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilariga jamg'arma o'qitish uchun stipendiya, darsliklar, idora mollari va kiyim-kechak olish uchun mablag' ajratadi. Onalar uchun sog'lom turmush tarzi asoslari bo'yicha, gigiena va to'g'riovqatlanish bo'yicha kurslar olib boriladi. Shuningdek, jamg'arma xotin-qizlar uchun turli xil hunarlarga, xususan, kashtachilik va tikuvchilikka o'rgatish bo'yicha trening va kurslar tashkil etadi. Uyida tikuvchilik ustaxonasini ochishga tayyor bo'lgan ayollar uchun jamg'arma tikuv mashinalari sotib olishuchun qarz berim yordamlashadi. Tibbiyot xodimlari va o'qituvchilar uchun malaka oshirish bo'yicha treninglar va kurslar tashkil etiladi.

Jamg'arma mablag'lari hisobidan ta'lim va tibbiyot markazlari ochiladi. Maktabgacha tarbiya markazlari bolalar qisqa muddat bo'ladigan bolalar bog'chalariga o'xshaydi, u erda 3 yoshdan 6 yoshgacha bolalar shug'ullanishadi va ovqatlanishadi. Tibbiyot markazlarida rejali ko'riklar, bolalarni davolash ishlarini amalga oshiriladi, shoshilinch yordam qo'rsatiladi, shu jumladan suv toshqinlari, er silkinishlari va boshqa tabiiy ofatlar vaqtida yordam ko'rsatiladi.

InstaForeks kompaniyasya o'zining ijtimoiy mas'uliyati tamoyillariga amal qilib, nochorlikka va undan kelib chiqadigan muammolarga qarshi umumiy kurashish maqsadida mazkur jamg'armaga yordam berishdan g'oyat mamnun.

Ko'proq axborot olish uchun SizFMCH jamg'armasi taqdimotini o'z kompyuteringizga yuklab olishingiz mumkin, hamda Facebook tarmog'idagi rasmiy sahifasiga tashrif buyurishingiz mumkin.
Davomini o'qish
"Titian" xayriya jamg'armasi
Titian Foundation (TF), bu nom indoneziya tilidan "ko'prik" deb tarjima qilinadi, bu jamg'arma ko'ngillilar tomonidan 2006 yilda xususiy shaxslarning va Jakartadagi yirik kompaniyalarning xayriya mablag'lari hisobiga tsunami oqibatida to'la vayron bo'lgan Lamre qishlog'ini tiklash uchun asoslangan edi. Ishlar tugallangandan so'ng jamg'arma keraklicha ma'lumot olishda kam ta'minlangan oilalardagi indoneziyalik bolalarga yordam berishga shaylanib, maktablar qurish bo'yicha o'z faoliyatini davom ettirdi.

Indoneziyaliklar uchun o'rta ma'lumot - bu yaxshi pul to'lanadigan ish topish va keyinchalik o'zini hamda oilasini ta'minlash imkoniyatidir. Aynan tayanch kasb-hunar va ilmiy bilimlarni egallash alohida olingan bir kishining ham, umumman butun mamlakatning ham kelajagi kafolatidir, deb ishonishadi jamg'arma direktorlar kengashidagilar. Shuning uchun TF o'zining birinchi navbatdagi vazifasi deb bolalarni va kattalarni o'qitish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishni hisoblaydi.

Bugungi kunda jamg'armaning mablag'lari turli dasturlar va loyihalar doirasida quyidagi ishlarga sarflanmoqda:
- maktablar, kutubxonalar, ta'lim markazlarini qurish va ularning moddiy-texnik jihatdan ta'minlash;
- kompyuter sinflarini tashkil etish va Internetga kirishni ta'minlash;
social responsibility - o'qitishga stipendiyalar ajratish;
- pedagoglarning malakasini oshirish;
- katta yoshdagilar uchun kompyuter savodxonligi bo'yicha yo'nalishli kurslarni va seminarlarni tashkil etish;
- tabiiy ofatlardan zarar ko'rgan aholini qo'llab-quvvatlash.

Ko'ngillilar oilalarga idora uchun kerak yaroqlarini, kitoblar va bolalar kiyim-kechaklarini sotib olish uchun manzilli yordam qo'rsatishmoqda, jamg'arma tomonidan qurilgan ta'lim markazlarida turli to'garaklar, shu jumladan, maktabga bolalarni tayyorlash bo'yicha to'garaklar tashkil etib, u erda bolalar bilan tajribali pedagoglar shug'ullanishadi. Shuningdek jamg'arma har bir qurib bitkazilgan maktabga otaliq qilib, unga qurilmalar va idora mollarini sotib olishda yordam beradi, har bir o'quvchiga stipendiya ajratadi.

Jamg'armaning hamma xodimlari jamoatchilik asosida ishlashadi, shuning uchun xayriya mablag'larining barcha 100% i maqsadga yo'naltirilgan holda loyihalarga sarflanadi.

Jamg'arma va uning faoliyati to'g'risida jamg'armaning rasmiy saytidan, hamda ijtimoiy tarmoqlardan FaceBook va bloglardan ko'proq ma'lumot olish mumkin Twitter.
Davomini o'qish
"AdVita" xayriya jamg'armasi
Sankt-Peterburgdagi "AdVita" xayriya jamg'armasi ("Hayot uchun") 2002 yilda tashkil etilgan edi. AdVita xayriya markazini tashkil etishdan asosiy maqsad saraton bilan kasallangan bolalar va kattalarga moddiy va boshqa yordam qo'rsatishdan iborat. Jamg'arma mablag'lari bemorlarni davolashga, salomatligini tiklashga, dori-darmonlar va tibbiy uskunalarni sotib olishga, tibbiy xizmatlarga to'lashga va murakkab jarrohlik amaliyotlarini o'tkazishga sarflanadi.
social responsibility
Og'ir bemorlarni davolashga va salomatligini tiklashga to'plangan mablag'lardan tashqari AdVita jamg'armasi og'ir kasalliklarni mustaqil engishga qodir bo'lmagan kishilarga yordam berishga intilayotgan ko'ngillilarni doimo to'plash ishlarini olib boradi. InstaForeks kompaniyasi AdVita xayriya jamg'armasiga moddiy yordamni mutlaqo beg'araz ko'rsatadi.

Xalqaro InstaForeks brokeri AdVita xayriya jamg'armasiga moddiy yordam ko'rsatar ekan, uning bosh maqsadi saraton bilan kasallangan bemor bolalar va kattalarga salomatlik va baxli kelajakni taqdim etish imkoniyatidir.

Rahmat!
social responsibility social responsibility social responsibility
Davomini o'qish
"GN-OTA" harakati xayriya jamg'armasi
"GN-OTA" harakati xayriya jamg'armasi Indoneziya hukumati tomonidan GN-OTA (Gerakan Nasional Orang Tua Asuh -tutingan ota-onalarning milliy harakati) bilan hamkorlikda Jakartada 1999 yil 29 mayda ta'sis qilingan edi. Jamg'arma o'qishga mablag' to'lashda qiyinchiliklar tufayli maktabni tashlab ketgan bolalar miqdori bo'yicha yuqori ko'rsatkichlarni pasaytirishga qaratilgan edi. Tashkilotning asosiy faoliyati bolalarga 9 yillik majburiy ta'limni olishda moddiy ko'mak berishdan iborat bo'ldi. Jamg'arma byudjeti xususiy shaxslarning, jamoatchilik guruhlarining, hamda davlat muassasalarining xayriyalaridan tashkil topadi. Jamg'arma mablag'lari etib-bolalarga, imkoniyati cheklangan bolalarga va tarbiyasi yomon, kam ta'minlangan yoki to'liq bo'lmagan oilalarning 7 yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan farzandlariga o'qishga pul to'lash, maktab qurol-yaroqlarini va darsliklarini sotib olish uchun maqsadli subsidiyalar va stipendiyalar tarzida taqsimlanadi. Jamg'arma ta'lim muassasalari bilan faol hamkorlik qiladi, bu muassasalar maktabni tashlab ketgan yoki jamg'arma stipendiyalariga ehtiyoji katta bo'lgan bolalarni ro'yxatlarini taqdim etadi. Mamlakatning barcha maktablariga tarqatiladigan yordam olish uchun talabnoma shakllarini har bir xohlagan o'quvchi to'ldirib jo'natishi mumkin.
social responsibility
1996 yilda Indoneziyaning Ijtimoiy ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko'ra maktabni tashlab ketgan bolalar soni 6 mln. ga yaqinlashgan edi. 2010 yilda bu raqam 13 mln. dan ortdi. Shu bilan birga, jamg'armaning stipendiyasi taxminan 60 000 nafar bola oladi.

Xayriya jamg'armasining faoliyati va stipendiya olish bo'yicha dasturda ishtirok etish shartlari to'g'risida ko'proq ma'lumotni GN-OTA harakatining saytidan topish mumkin.
Davomini o'qish
Rossiyaning yordam jamg'armasi
Rossiyaning yordam jamg'armasi
"Rossiyaning yordam jamg'armasi" - Rossiyadagi eng yirik xayriya tashkilotlaridan biri bo'lib, og'ir kasalliklarga chalingan bolalarni davolashga pul to'lash uchun xususiy shaxslar va tashkilotlaridan xayriya mablag'larini to'plashni amalga oshiradi. Rossiya jamg'armasi 1996 yilda tashkil etilgan bo'lib, 2000 yilda "Kumush nur" milliy sovrini bilan taqdirlangan.

Manzilli yordam kerak bo'ladigan bemor va bolalarning kasallik tarixi bevosita jamg'arma saytida, elektron resurslarda va biznes-nashrlarning bosma sahifalarida nashr etiladi, radio-efirda paydo bo'ladi. Jamg'arma Rossiyaning yirik tibbiyot markazlarida va klinikalari bilan hamkorlik qiladi, bu jarayonda tashkilot to'plagan mablag'lar hisobidan saraton kasallklariga chalingan bolalar, tug'ma yurak hastaligi, bolalarning tserebral falaji, diabet, chetki asab tizimi nuqsonlari, tayanch-harakat apparat nuqsonlari va boshqa kasalliklar bilan og'rigan bolalar davolanadi.
social responsibility Shuningdek, jamg'arma milliy janjallar kunlari yordam tadbirlarini tashkil etadi, terrorchilar xurujlaridan, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan jabr ko'rgan oilalarga yordam ko'rsatadi. Jamg'armaning yordamini faqat Rossiyadagi bolalargina emas, balki MDH davlatlaridagi bolalar ham olishlari mumkin.

InstaForeks kompaniyasi jamg'armaning og'ir bemor bolalarning taqdirini o'zgartirishda faol ishtirok etmoqda va ko'rsatilgan moddiy yordam bolalarning hayotini yaxshi tomonga o'zgartiradi, deb umid qiladi.
Davomini o'qish
Chegarani bilmaydigan shifokorlar (MSF)
Chegarani bilmaydigan shifokorlar (MSF)
MSF (Medecins Sans Frontieres) "Chegarani bilmaydigan shifokorlar" – bu mustaqil xalqaro tibbiy insonparvarlik tashkiloti bo'lib, u harbiy mojarolar, epidemiyalar va tabiiy ofatlar natijasida aziyat chekkan kishilarga yordam ko'rsatadi. "Chegarani bilmaydigan shifokorlar" tashkiloti barcha kishilarga jinsi, irqi, diniy e'tiqodi va siyosiy qarashlaridan qat'iy nazar o'z faoliyatida tibbiy etika, xolislik va beg'arazlik tamoyillariga amal qiladi.

"Chegarani bilmaydigan shifokorlar" birlashmasi Parijda 1971 yilda notijorat va o'zini o'zi boshqaruvchi tashkilot sifatida tashkil etilgan edi. Tashkilotning asosiy tamoyillari MSF ustavida bayon qilingan. Bugun "Chegarani bilmaydigan shifokorlar" - bu umumjahon harakati bo'lib, o'z ichiga 23 ta assotsiatsiyani qamrab olgan. Tashkilot 90% xususiy mablag'lar hisobiga mablag' bilan ta'minlanadi.
social responsibility
Tashkilotda bir necha ming tibbiy xodimlar hamda moddiy-texnik va ma'muriyat xodimlari faoliyat yuritishadi. MSF tashkilotidagi shifokorlarning ko'pchiligi bu tashkilot o'zining tibbiy yordamini ko'rsatgam mamlakat vakilidir. Bu kishilar birgalikda butun dunyoni 60 dan ortiq mamlakatda ishlashadi.

MSF shifokorlari nozor mamlakatlardagi odamlar faqat past darajadagi tibbiy yordamga ishonishlari mumkin degan fikrni rad etadilar va barcha bemorlarga yuqori darajadagi xizmatni ta'minlashga intilishadi. 1999 yilda, MSF ga jahonning Nobel mukofoti tadqim etilganda, tashkilot mukofot olish uchun olingan mablag' nochor mamlakatlarda juda ko'p uchraydigan kasalliklarga qarshi oqartuv ishlariga sarflanishini e'lon qilishdi.

Keyingi yillarda "Chegarani bilmaydigan shifokorlar" tibbiy xizmatlar ko'rsatilmaydigan, xarobalarda yashovchi nochor mamlakatlardagi fuqarolarning muammolariga alohida e'tibor beradilar. Bunday mamlakatga yorqin misol tariqasida Bangladesh va uning poytaxti Dakkani keltirish mumkin, bu mamlakatda 80% aholi toza suvsiz, elektrsiz va boshqa qulayliklarsiz xaroba joylarda yashaydi. MSF bunday dolzarb muammodan chetda qolmay, 2010 yilda Bangladeshning poytaxti Dakkaning Kamrangirchar xaroba joylarda salomatlik va ovqatlanish markazini ochdi, bu markaz 400 000 dan ortiq odamnilar uchun o'z uyidek bo'lib qoldi. Hozir MSF xarobalarda yashovchi odamlarga yordam berib, ularga ma'lum tarzda tibbiy xizmatlarni olish imkonini berib, mazkur yo'nalishdagi ishlarni davom ettirmoqda. MSF faqat Bangladeshda emas, balki turmush darajasi muammosi xuddi shunday juda past bo'lgan boshqa mamlakatlarda ham yangidan-yangi markazlarni ochmoqda. Siz MSF dasturlari to'g'risida ko'proq ma'lumotni tashkilotning rasmiy saytidan bilib olishingiz mumkin.

InstaForeks kompaniyasi "Chegarani bilmaydigan shifokorlar" tashkilotiga yordam berishni o'zining burchi deb hisoblaydi va shu bilan tibbiy xizmat olish imkoniga ega bo'lmagan barcha kishilarga imkon darajasida ko'mak beradi. Biz bu ishni, nochor mamlakatlardagi odamlarda va harbiy harakatlar olib borilayotgan mamlakatlardagi odamlarda sog'lom bo'lib ishlash imkoni bo'lishi uchun qilamiz.
Davomini o'qish
Irina Mitina
Irina Mitina
2008 yilning 27 oktyabrida Irina Mitina avtomobil halokatiga uchradi, buning natijasida umurtqa pog'onasi jiddiy shikastlandi, miya qobig'i yorildi, orqa miya lat edi, ya'ni shikastlanishlar hayot bilan amalda nomuvofiq bo'lib, uni harakatlanish va a'zolarining fiziologik jarayonlarini nazorat qilish imkoniyatini yo'qqa chiqardi. Irina uy oy davomida sun'iy nafas oldirish apparatida jonlantirish bo'limida bo'ldi. Qisqa vaqt salomatligi yaxshilangandan so'ng tromboemboliya vujudga kelib, uni yana jonlantirish bo'limiga olib keldi.
social responsibility
Shundan so'ng o'ziga kelgan kizni beli shikastlangan kishilar chun salomatligini tiklash markaziga yuborishdi. Bu joy Irina Mitinaga uncha to'g'ri kelmas edi, chet elda samarali davolanish uchun mablag' yo'q edi. Irinaning otasi yo'q, avariyadan so'ng esa onasi undan voz kechgan edi, faqat do'stlari va hayrixohlarigina qoldi, ular o'z imkoniyatlari doirasida yordam ko'rsatishar edi. Uning salomatligini tiklash uchun pul mablag'larini xayriya hisob-varaqlari ochilgan edi.

Irinani InstaForeks kompaniyasi tashkil etgan Miss Insta Aziya 2009 go'zallik tanlovida ishtirok etishga ko'ndirishdi. Qiz uchun ovoz bergan hayrixoh kishilarning juda ko'p miqdordagi ovozlari tufayli u birinchi o'rinni egalladi. Olingan pul mukofoti uning salomatligini tiklash uchun sezilarli hissa qo'shdi.

Avariya yuz bergan kundan beri ikki yildan ortiq vaqt o'tdi va shu vaqt mobaynida har kunlik mashqlar va o'z irodasi tufayli Irina 10 daqiqa davomida vertikal holda tura oladigan, biroz vaqt qo'llarini tizzasidan yuqoriga ko'tara oladigan, oyoq va qorin mushaklarini taranglatadigan bo'ldi. Bu haqiqatan ham ulkan o'zgarish va haqiqiy g'alabadir.
Davomini o'qish
Inna Bidlingmaer
Inna Bidlingmaer
Inna Bidlingmaer 26 yoshda. O'tkir Layma kasalligi tufayli Inna me'yoridagi hayot tarzida yashash imkoniyatidan mahrum bo'lgan. Ishlay olmasligidan tashqari Inna kundalik hayotida ham qiyinchiliklar sezadi, bu asab tizimi shikastlangani sababli, butun badani bo'ylab doimiy og'riqlarni sezadi.Layma kasalligi uni harakatlanish va hayotiy jarayonlarni nazorat qilish imkoniyatidan mahrum qildi. Shifokorlarning tashxislari xursand qiladigan darajada emas va Innaning salomatligi umumiy holati doim yomonlashmoqda.
social responsibility
Uni qo'llab-quvvatlaydigan qarindoshlari unga yordam berishga kuchlari etmaydi, chunki u jiddiy moliyaviy harajatlarni talab qiladi. Hozir Inna olti yoshli o'g'li Erik, onasi hamda buvisi bilan birga yashamoqda, ularning maoshi va nafaqasi, o'g'liga oladigan aliment qatori dori-darmonlarga va tez yordamni chaqirishga sarf bo'lmoqda.

Bu kasallikni faqat chet elda davolash mumkin, mamlakat kasalxonalarida faqat analgin taklif qilishlari mumkin. Odamlarning, xususan InstaForeks kompaniyasining yordami bilan mablag' to'plandi, va hozir asosiy kasallik Laym-borreliozani davolashga bel bog'lagan Germaniyadagi shifoxona bilan muzokaralar olib borilmoqda.
Davomini o'qish

Bizning hamkorlarimiz


Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.