"Bollindjer polosalari" texnik indikatori narxlar o'zgarishining oralig'ini va tezligini ko'rsatib, bozor vositasining narx harakatining katta qismini qamrab olishga imkon beradi. "Bollindjer polosalari" xarid qilishga yoki sotishga signal beradi, lekin bozor vositasining bo'lajak harakat yo'nalishini belgilab bermaydi. Indikatorning ishlashi to'g'risida bizning videomaterial tufayli ko'proq ma'lumotni bilib olish mumkin.
Mazkur sahifada texnik indikatorlar to'g'risida axborot berilgan bo'lib, ular yordamida siz savdoni texnik tahlil qilishingiz mumkin, bu bilan siz uzoq muddatli davrgacha uning samaradorligini oshirasiz.
Indikatorlar — narxlarning o'zgarishi to'g'risidagi tarixiy ma'lumotlarni tadqiq etishda qurilgan texnik tahlilning asosiy vositalaridir. Mazkur tahlil turi asosida statitstik va matematik hisob-kitoblar yordamida narx grafiklarini mufassal o'rganish yotadi. Bu hisob-kitoblarning natijasi turli xil indikatorlar hisoblanadi, bu indikatorlar treyderga joriy vaziyatni tahlil qilishda yordam beradi.
Texnik tahlil umumiy tahlilning muhim metodlaridan biri hisoblanadi.
Indikatorlar orasida ikkita eng katta guruhni ajratish mumkin - bu joriy narx trendini ajatishga imkon beruvchi trend indikatorlari va ostsillyatorlar - yon trendning (fletning) rivojlanish tendentsiyalarini aks ettiruvchilar.
Video-darslar sizni texnik indikatorlarni tanlashga yo'llaydi va ularning parametrlarini qanday berish hamda o'zgartirish kerakligini tushuntiradi.
Ammo shuni yodda tutish lozimki, indikatorlar uzatadigan signallar tavsiya beruvchi xususiyatiga ega, chunki narxlarning o'zgarishini aniq bashorat qilish mutlaqo mumkin emas. Shuning uchun faqat ularga ishonib qo'yish kerak emas, balki tahlil qilishning boshqa vositalarini ham qo'llash ma'qul.